Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish yo‘nalishida yagona ishlash amaliyotini yo‘lga qo‘yishni nazarda tutuvchi alohida qonun loyihasini ishlab chiqish belgilandi.
Yuridik shaxslar tomonidan kiberxavfsizlik talablariga rioya etmaganlik uchun, shuningdek, axborot texnologiyalari sohasidagi barcha jinoyatlar yuzasidan javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish topshirildi.
Bu O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining “Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida qayd etildi.
Banklar, to‘lov tizimi operatorlari, to‘lov tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik talablariga rioya etmaganligi natijasida yo‘l qo‘yilgan kiberjinoyat oqibatida kelib chiqqan moddiy zararni ular hisobidan undirish tartibini joriy etish belgilandi.
O‘zA