Kevin de Bryuyne Italiya terma jamoasining JCHga chiqa olmaganiga munosabat bildirdi
Belgiyalik mahoratli futbolchi Kevin de Bryuyne Italiya terma jamoasining navbatdagi bor jahon chempionatiga chiqa olmagani borasida o‘z fikrlarini bildirdi.
"Menimcha, Yevropada futbol darajasi o‘sib bormoqda. Kichik mamlakatlarning kichik jamoalari tobora ko‘proq nomdor jamoalarga qarshilik ko‘rsata olayotganiga guvoh bo‘lyapmiz. Italiya uchun jahon chempionatida yana ishtirok etmaslik — bu haqiqiy falokat. Ammo endi hech narsani o‘zgartirib bo‘lmaydi", — deya belgiyalik futbolchining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda calcionapoli1926.it nashri.
Eslatib o‘tamiz, Italiya terma jamoasi to‘rt karra jahon chempioni hisoblanadi. Ular so‘nggi bor bundan yigirma yil avval — 2006-yilda mundialda g‘olib chiqishgan edi.