Kesercha kesish amaliyoti rostdan ham koʻpaymoqdami?
Nima boʻlganda ham balogʻat yoshidagi qizlarga tibbiy madaniyatni oʻrgatib borishimiz shart.
Facebook ijtimoiy tarmogʻidagi “Maslahat Uz” guruhi foydalanuvchisi Sohibjon Obidov tomonidan «Tugʻruqxonalarda (roddom) nega kserva (kesarevo) holati juda koʻp? Bu pul topishning innovatsion usulimi?» nomli post qoldirildi. Ushbu mavzu yurtdoshlarimizni befarq qoldirmadi va u katta muhokamaga sabab boʻldi.
Dilya Maqsudova:
Hammasi ollohdan, keservadan keyin qaysi ayol yarim jon boʻlib qolishni hohlaydi?
Gulchehra Urdusheva:
Ona va bolaning hayoti xavf ostida boʻlishi mumkin. Oʻzidan oʻzi yorib, bolani olmaydi. Hozir kasallik varaqalari ham onlayn toʻldirilib, bazaga tushadi menimcha.
Nodira Mirjonva:
Homilador ayoldagi jiddiy yoki surunkali kasallik boʻlsa keserva qilinadi. Misol koʻz nuri pastlarga oʻzi tugʻishi qiyin kechadi. Battar xiralashib koʻzi koʻrmay qolishi mumkin. Yoki buyragida kasallik boʻlishi mumkin. Umuman ayol kishi uchun homiladorlik eng qiyin bosqich. Ona-bola sogʻlom boʻlishi uchun to homiladorlikdan boshlab, bola dunyoga kelguncha eʼtiborli boʻlish kerak.
Xurshidbek Yakubjonov:
Bizda kesarlarni soni umumiy statistikadan past. Bilib bilmay gapiravermanglar.
Mahbuba Mahbuba:
Menimcha unday emas. Boʻlajak onalarimizning sogʻliklari joyida emas. Qizlar figurasini saqlayman debmi ovqat yemay qoʻydi. Ayrim homilador qizlarimizning qoni 5 yoki 6 ga tushib qolyapti. Shu qon bilan qanday tugʻadi axir. Kserva qilishga majbur boʻlyapti
Sarvar Mirzo:
Koʻpgina oʻzbek oilalarida kelinning sogʻligʻiga umuman eʼtibor yoʻq! Homiladorlik vaqtidagi orttirgan kasalliklarini hammasi tugʻish vaqtida oʻz ishini koʻrsatyapti, Yaʼni bechora kelinlar oʻzi tugʻa olmayapti, bunga sabab buyrak yetishmovchiligi, qon bosimi va hokazolar...Shuning uchun xam keservo koʻp menimcha.
N.N.:
Keserva oxirgi yechim, oʻziga yarasha sabablari bor, uydagilarning roziligi, bolani kattaligi, tugʻruq yoʻllarini nosozligi, ayolning xohishi, qon tomirlar yorilishi xavfi boʻlganda, varikozni 3-4 darajasida...
Ozoda Toʻrayeva:
Negadir tugʻruq uchun borgan ayollarga siz ((planovoy)reja asosida operatsiyaga tushdingiz degani hecham tushunmaymanda. Ayniqsa Surxondaryo viloyati tugʻruqxonalarida avjga chiqqan. Bu sohada LIDERlikni hech kimga bermaydi.
Afruza A:
Hech qanaqa vrachlarni bunga aloqasi yoʻq hozirgi qizlar farzandni dunyoga keltirishni bilmayapti har narsani vrachlarga ayb qoʻyishni bas qiling. Vrach tugʻilajak chaqaloqni asrab qolish uchun majbur boʻlyapti shaxsan oʻzim shularning guvohi boʻlganman
Oʻktam Rustamov:
Kesar kesish jarrohlik amaliyoti eng tarixiy va birinchi jarrohlik amaliyoti hisoblanadi. Bu postni qoʻygan odam qaysi mavzuga kirayotganini yaxshi tasavvur qilishi kerak. Hech qanday raqamlar va foizlar bilan diqqatingizni olmoqchi emasman. Kesar kesish haqida shifokorlardan soʻrovchi rasmiy tashkilotlar bor. Menimcha faqat bizning zamonaviy mentalitetimizdagina bu mavzularga noprofessional yondashuv mavjud boʻlib, tibbiyot xodimlari ishlariga aralashuvlar bor.
Sohibjon Obidov:
Oʻsha gap vrachlar juda aqlli boʻlishadi. Pul topish usulini istasalar istagancha oʻzgartira olishadi. Otasini puliga oʻqigan akusherkalar koʻpayib ketganligi bu tibbiyotning orqaga ketishi boʻladi.
Shahobiddin Xoʻjamurodov:
Zarur emas ularga keserva qilib, ish koʻpaytirib, oʻzi tugʻib ketgani yaxshi, shu postni kuygan odam 1 kun xohlagan viloyat perenatal markazlarida anesteziolog bilan hamroh boʻlsin biladi. “Insha Alloh bugun rejada operatsiya yoʻq”deb turganingizda tushgacha shoshilinch 5-6 ta keserevo boʻlgan boʻladi. Tibbiy madaniyat rivojlansa, homiladorlikka tayyorgarlik yaxshi boʻlsa, homila yaxshi rivojlansa, onani kuchi yetsa shunaqa keserevoga yetib bormaydi. Yana shunaqa kelinlar xam bor keserevoni oʻzlari tanlashadi. Umuman olganda Oʻzbekiston tibbiy xizmatiga xalqimiz rozi boʻlishi kerak. Xohlagan mutaxassisga olib borishi mumkin, kutsa navbatda 1 soat. Chet elnikiga oʻxshab 1 oy oldin onlayn navbat tanlamaydi, tez yordam bepul. Tibbiy sugʻurta degan narsa...ehheye , gap koʻp....
Oʻrtaga tashlangan mavzu yuzasidan bildirilgan munosabatlar turlicha. Kimdir shifokorni pul evaziga kesercha kesish amaliyotini qoʻllaydi desa, yana kimdir homilador ayol va uning yaqinlarini ayblamoqda. Nima boʻlganda ham balogʻat yoshidagi qizlarga tibbiy madaniyatni oʻrgatib borishimiz shart.
Maʼlumot oʻrnida aytadigan boʻlsak, tarixdagi ilk muvaffaqiyatli kesarcha kesish 1337-yilda Pragada amalga oshirilgan. Mlada Fronta Dnes gazetasining maʼlum qilishicha, operatsiya natijasida ona va bolaning hayoti saqlab qolingan. Tugʻruq operatsiyasi Chexiya qiroli Iogann Lyuksemburgning saroyida amalga oshirilgan. Operatsiya yordamida koʻz yorigan ayol uning xotini Beatrisa de Burbon, dunyoga kelgan chaqaloq esa Vaslav edi. Nashrda qayd etilishicha, ushbu ixtiro tibbiyot tarixini qayta yozishga undaydi. Dunyo tarix faniga shu paytga qadar 1500-yillar atrofida Shveysariyada muvaffaqiyatli amalga oshirilgan yagona kesarcha kesish holati haqida maʼlum edi. XIX asrning ikkinchi yarmida ham kesarcha kesish operatsiyasini oʻtkazish jarayonida ayollarning 90 foizi chidab boʻlmas ogʻriq, qon yoʻqotish yoki sepsis tufayli halok boʻlgan.
Manija BAHRIYEVA,
jurnalist