Keng ko‘lamli strategik sheriklik yo‘lida
Jahon matbuoti O‘zbekiston haqida
Birlashgan Arab Amirliklari axborot agentligi – “WAM” O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonning taklifiga binoan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasida ishtirok etish uchun qilgan amaliy tashrifi, shuningdek, ikki davlat yetakchilarining uchrashuvi haqida maqola e’lon qildi.
Maqolada ikki tomonlama munosabatning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgani, O‘zbekiston bilan BAA o‘rtasidagi ko‘p qirrali aloqalar barqaror va jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.
Nashr yil boshidan buyon tovar ayirboshlash 30 foiz oshgani, qo‘shma korxonalar soni ortayotgani, to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo qatnovi jadvali kengayib borayotgani, ikki mamlakat yetakchi kompaniyalari ishtirokidagi qo‘shma loyihalar portfeli 4 milliard dollarga yetganini ta’kidlagan.
Amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida munosabatlarni keng ko‘lamli strategik sheriklik darajasiga olib chiqishdan manfaatdorlik tasdiqlangan.
Muharrama Pirmatova, O‘zA