Sholi asosan suvda parvarish qilinadigan o‘simlik. Xalqimiz sevib iste’mol qiladigan taomlar asosan guruchdan tayyorlanadi va bozorlarimizda hamisha ushbu mahsulotga talab yuqori. Biroq, Markaziy Osiyo mintaqasida suv taqchilligi kuzatilganligi uchun sholini katta maydonlarda yetishtirish imkonsiz. Shu bois
yurtimiz olimlari yaponiyalik hamkasblari bilan hamkorlikda mazkur o‘simlikni kam miqdorda suv sarflab parvarish qilishning yangi agrotexnologiyasi ustida izlanishlar olib bormoqda. Soha olimlarining ta’kidlashicha hozirda yurtimiz dalalarida sinovlari tashkil etilgan yangi biopreparatning ustun tomoni sholi bir marta suv ichadi va shundan so‘ng sug‘orish talab etilmaydi.
2024 yilda dunyo aholisi 8.2 milliard kishidan oshdi va kelgusi 60 yil ichida 10 milliard bo‘lishi kutilmoqda. Ularning yarmi guruch bilan oziqlanadi va kelajakda sholiga talab yanada ko‘payishi kutilmoqda.
O‘zbekiston qadimdan sholi yetishtirish sanoati rivojlangan va asosiy sholi yetishtiruvchi mamlakat sifatida tanilgan. Endilikda yaponiyalik olimlar bilan maxsus biopreparatdan foydalangan holda quruq dalalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekish va atrof-muhitni normal holatga keltirish loyihasi amalga oshirilmoqda. Ushbu “Mykos” biopreparati tuproq zamburug‘ining tabiiy va organik turi bo‘lib, ozuqa moddalari va suvni to‘playdigan, saqlaydigan, ikkalasining ham o‘zlashtirilishini oshiradigan “gubkaga” o‘xshash massa hosil qiladi.
Olimlarning aniqlashicha mazkur vosita tez o‘sadigan foydali zamburug‘ bo‘lib, tuproqdagi ko‘plab foydali mikroblarni o‘simliklar bilan bog‘laydi. Bu simbiotik munosabatlar o‘simliklarning ozuqa moddalari bilan ta’minlanishini oshiradi, namlik va o‘simliklarning o‘sishi uchun zarur bo‘lgan asosiy elementlarni hosil qiladi. Bu esa ozuqa moddalarining yaxshi o‘zlashtirilishi va o‘simlikni yanada kuchli rivojlanishi, hosildorligi yuqori bo‘lishiga olib keladi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/4MIty38QiSw" title="Kelgusida sholichilikda suv 50 foiz iqtisod qilinadi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Sanjar Toshpo‘latov, Abror Sodiqov, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA