Kelgusi hosilga zamin yaratilmoqda
Şörlangan yerda möl hosil yetiştiriş oson emas. Tuproqda töplangan ortiqça tuzlar ekinning ösişiga tösqinlik qilib, hosildorlikni pasaytiradi. Şu bois kelgusi yil hosiliga bugundan zamin yaratiş, avvalo, yerning meliorativ holatini yaxşilaş va şör yuviş işlarini öz vaqtida, agrotexnik talablar asosida taşkil etişdan boşlanadi.
Ana şu maqsadda Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanidagi «Hasanboy Husanboy» fermer xöjaligida 2027-yil hosili uçun yer maydonlarini şör yuvişga tayyorlaş masalalariga bağişlangan amaliy seminar taşkil etildi. Unda fermerlar va soha masʼullari iştirokida tuproq unumdorligini saqlaş, suv resurslaridan oqilona foydalaniş hamda şör yuviş tadbirlarini agrotexnik talablar asosida amalga oşirişning muhim jihatlari muhokama qilindi.

Tuman hokimi örinbosari Zafarjon Xoliqberdiyev boşçiligida ötgan seminarda yerlarning meliorativ holatini yaxşilaş, suvdan tejamkorlik bilan foydalaniş, şör yuviş işlarini belgilangan meʼyor va muddatlarda sifatli bajariş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Tuproq tarkibida tuz miqdorining ortişi ekinlarning ösişi va rivojlanişiga salbiy taʼsir körsatadi. Tuzlar ösimlik ildizining suv va ozuqa moddalarini özlaştirişini qiyinlaştiradi, natijada hosildorlik pasayişi mumkin. Bu holat, ayniqsa, Sirdaryo viloyati şaroitida alohida eʼtibor talab etadi.

— Qişloq xöjaligida yuqori natijaga erişiş, avvalo, yerning holatini yaxşi biliş, uning unumdorligini saqlaş va agrotexnik tadbirlarni öz vaqtida, sifatli bajarişga boğliq. Ayniqsa, şörlangan maydonlarda şör yuviş işlarini töğri taşkil etiş kelgusi hosil taqdirida muhim örin tutadi. Bugungi amaliy seminarning ahamiyati ham şundaki, unda fermerlar va soha masʼullari özaro tajriba almaşib, şör yuvişning samarali usullari, suvdan tejamkorlik bilan foydalaniş va işlarni belgilangan agrotexnik talablar asosida olib boriş masalalarini muhokama qildilar. Bunday amaliy uçraşuvlar fermerlarning bilim va könikmalarini boyitib, mavsumga puxta tayyorgarlik körişga yordam beradi, — deydi Boyovut tuman fermerlar kengaşi raisi Barno Xolmuhammedova.

Şör yuviş tuproq tarkibidagi ortiqça tuzlarni suv yordamida pastki qatlamlarga siljitiş va drenaj tizimi orqali çiqarib yuborişga qaratilgan muhim meliorativ tadbirdir. Uni öz vaqtida va sifatli amalga oşiriş kelgusi ekin mavsumi uçun qulay tuproq şaroitini yaratişga xizmat qiladi.
Belgilangan rejaga köra, 2027-yil hosili uçun Boyovut tumanida jami 5 ming 500 gektar maydonda şör yuviş işlarini amalga oşiriş közda tutilgan. Şundan 3 ming 989 gektari kam, 1 ming 511 gektari esa örtaça şörlangan yerlar hisoblanadi. Mazkur maydonlarning 1 ming 200 gektarida pol usulida, 4 ming 300 gektarida esa jöyaklar orqali şör yuviş rejalaştirilgan.
Şör yuviş usulini tanlaşda yerning meliorativ holati, tuproq xususiyatlari va suv taʼminotini hisobga oliş muhim. Suvni meʼyoridan ortiq sarflamaslik, uni maydon böylab bir tekis taqsimlaş hamda yuvilgan tuzlarning drenaj tizimi orqali çiqib ketişi uçun zarur şaroit yaratiş işlar samaradorligini taʼminlaydi.

Seminar yakunida yerlarning meliorativ holatini yaxşilaş, suv resurslaridan tejamkorlik bilan foydalaniş, şör yuviş tadbirlarini belgilangan muddatlarda va sifatli bajariş yuzasidan masʼullarga tegişli topşiriqlar berildi.
Zero, yerga bugun körsatilgan eʼtibor ertangi hosilda öz samarasini beradi. Şör yuviş işlarini ilmiy asoslangan agrotexnik talablar asosida taşkil etiş tuproq unumdorligini saqlaş, suvdan samarali foydalaniş va kelgusi yil hosili uçun mustahkam zamin yaratişning muhim şartlaridan biridir.
Ğulom Primov, ÖzA muxbiri