«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati «Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari» filialining «Keles» podstansiyasida soha xodimlari o‘rtasida «Yong‘in xavfsizligi oyligi ko‘rigi» tadbiri o‘tkazildi.

Filial va podstansiya mutaxassislari va ishchi-xodimlar qatnashgan tadbirda yong‘in xavfsizligi holatlariga tayyorgarlik va favqulodda vaziyatlar bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lishi haqida so‘z bordi.

Ta’kidlanganidek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining 2021 yil 1 noyabrdagi «Yong‘in xavfsizligi oyligini o‘tkazish to‘g‘risida»gi buyrug‘iga ko‘ra, jamiyatning 84 ta yuqori kuchlanishli podstansiyasida joriy yilning 16 noyabridan 16 dekabrigacha ushbu oylik doirasida tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

Ko‘rik davomida tashkil etilgan seminarlar, FVV yong‘in xavfsizligi xodimlari bilan birgalikda o‘tkazilgan mashg‘ulotlar aksiyadorlik jamiyatining Axborot xizmati orqali yoritib boriladi. Shuningdek, seminarlar, o‘tkazilgan mashg‘ulotlarning foto hamda video materiallari disk va fotoalbomlar shaklida komissiyaga taqdim etiladi. Bundan tashqari, ko‘rik yakuni bo‘yicha markaziy komissiya qaroriga muvofiq, sovrinli o‘rinlarni egallagan filial va bo‘linmalarga rag‘batlantiruvchi mukofotlar ajratilishi ko‘zda tutilgan. Jumladan: 1-o‘rin – 25 million so‘m; 2-o‘rin – 18 million so‘m; 3-o‘rin – 17 million so‘m.

[gallery-5027]

– 400 MVA quvvatga ega «Keles» podstansiyasi 2012 yil ishga tushirilgan. Podstansiya Toshkent shahri aholisi va ijtimoiy soha ob’ektlarini elektr energiya bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Bu yerda 18 nafar xodim ikki smenada mehnat qiladi. bugungi tadbir mamlakatimizda keng miqyosda o‘tkazilayotgan «Yong‘in xavfsizligi oyligi» doirasida tashkil etildi. 

Yong‘in sodir bo‘lganda, xodimlar qanday tartiblarga amal qilishi va o‘zini qanday tutishi bo‘yicha ushbu tadbirda ko‘nikma, bilim va ko‘rsatmalarga ega bo‘ldi. Masalan, yong‘in va alanga holatlari mavjud. Yong‘in bo‘lsa, uni o‘chirish mumkin, lekin alanga yong‘in bo‘lganda, albatta, yong‘in xavfsizligi xodimlarini jalb qilish talab etiladi. Tadbirda o‘tkazilgan mashg‘ulotlar ishtirokchilarga har jihatdan foydalidir, – dedi «Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari» filiali podstansiyalar xizmati boshlig‘i Sulton Qodirov.

Tadbirda ishtirokchilar yong‘in sodir bo‘lganda birlamchi yong‘in o‘chirish vositalarini qanday ishlatish, yong‘in xavfsizligi xodimlari va podstansiya xodimlarining yong‘in sodir bo‘lgandagi harakati va kelib chiqqan yong‘in natijasida jabrlanuvchiga birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/DR_wGYPUi7U" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

– Mamlakatimiz bo‘ylab «Yong‘in xavfsizligi oyligi» tadbirlari o‘tkazilmoqda, – dedi Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasining Olmazor tumani bo‘limi inspektori, leytenant Avaz Muhammadjonov. – Shu munosabat bilan Olmazor tumanida joylashgan «Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari» filiali «Keles» podstansiyasida mazkur oylik doirasida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. 

Maqsadimiz podstansiya xodimlari bilan yong‘in xavfsizligi holatlari yuz berganda qanday harakatlanish va bu tadbirlarga ko‘nikmalar hosil qilish. Masalan, yong‘in sodir bo‘lganda ishchilarga qanday harakatlanish to‘g‘risida tushuncha, zarur yo‘riqnomalar berdik.

– Bu tadbirni o‘tkazishdan maqsad xodimlarimizda yong‘in xavfsizligi haqida chuqurroq bilimga ega bo‘lishdir, – dedi Ishonchlilik va xavfsizlik texnikasi guruhi xodimi Nodira Rahmatullayeva. – O‘ylaymanki, ular bu tadbirdan o‘zlariga kerakli va zarur ma’lumotlarni oldi. Kelgusida ham Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va tibbiyot xodimlari bilan hamkorlikda ishlab, jamoamizning yong‘in xavfsizligi bo‘yicha malakasini oshiramiz.

Tadbirda mutaxassislar ishtirokchilarning savollariga batafsil javob berdi.

Nasiba ZIYODULLAEVA, Yoqub MELIBOEV (video),O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Keles» podstansiyasida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi (+video)