Xabar berganimizdek, Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025-2027 yillar uchun Byudjetnoma loyihasini e’lon qildi. Unda keltirilgan 2024 yilgi byudjet ijrosi tahliliga ko‘ra, O‘zbekistonda kelasi yil uchun davlat byudjeti bo‘yicha qonun loyihasiga ko‘ra, 2025 yilda jami 28,3 trln. so‘m subsidiya ajratilishi rejalashtirilmoqda. Jumladan, NTTlarga 3,8 trln. so‘m, aholi uy-joy sotib olishi uchun 2,5 trln. so‘m, jamoat transporti zararlarini qoplash uchun 2,7 trln. so‘m, tadbirkorlik va aholi bandligini ta’minlash uchun 2,7 trln. so‘m, Energetika sohasi uchun 12,3 trln. so‘m, xususan, gaz sotib olish va sotishdagi tafovutni qoplash uchun 7 trln. so‘m, qishloq va suv xo‘jaligi uchun 2,5 trln. so‘m, geologiya-qidiruv ishlari uchun 0,9 trln. so‘m ajratilish ko‘zda tutilmoqda.

Taqqoslash uchun, 2025 yilda ijtimoiy nafaqa to‘lovlariga 17,3 trln. so‘m, ilm-fanga 2,3 trln. so‘m, madaniyat sohasiga 3,8 trln. so‘m, sport sohasiga 3,3 trln. so‘m, shu to‘rtta yo‘nalishga jami 26,7 trln. so‘m ajratish reja qilingan. Boshqacha aytganda, subsidiyalarga ajratilayotgan mablag‘ (28,3 trln. so‘m) ijtimoiy nafaqa to‘lovlari, ilm-fan, madaniyat va sportga ajratilayotgan jami mablag‘lardan (26,7 trln. so‘m) ko‘proqni tashkil qiladi.

Sh.Mamaturopova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kelasi yilda jami 28,3 trln. so‘m subsidiya ajratilishi rejalashtirilmoqda