Yoshlarimizning zamonaviy kasblarni o‘rganishi uchun davlatimiz tomonidan yetarli shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Ana shulardan biri Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yo‘lga qo‘yilgan «Kelajak kasblari» loyihasidir. Loyiha doirasida «Yoshlar daftari»ga kiritilgan, zamonaviy kasblar, axborot texnologiyalari va xorijiy tillarga o‘qish uchun ariza topshirgan, mahallalardagi yoshlar yetakchilari tomonidan tavsiya etilgan yoshlar maxsus elektron tizim orqali o‘zlariga qulay va ma’qul bo‘lgan o‘quv markazda o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

Bugungi kungacha 20 ming nafardan ortiq yoshlar 35 ga yaqin yo‘nalish bo‘yicha zamonaviy kasblar hamda xorijiy tillarga o‘qitilib, ularga 50 milliard so‘mga yaqin miqdorida yordam ko‘rsatildi.  

Xorijiy tillar sertifikatini qo‘lga kiritgan 560 nafar yosh asosan, o‘quv markazlarida o‘qituvchi bo‘lib ishlamoqda va ularning o‘rtacha oylik daromadi 3-6 million so‘mni tashkil etadi.  

Shuningdek, arxitektura, dasturlash, dizayn, SMM, buxgalteriya, mobilografiya, logistika kabi boshqa yo‘nalishlarni jami 2 ming 11 nafar yosh yakunlab, 3-8 million so‘m miqdorda daromad topmoqda.  

Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan o‘tkazilgan «Kelajak kasblari-2024» forumida loyihaning sarhisobi, kelgusidagi rejalari va istiqbolli maqsadlar yuzasidan suhbatlashildi.  

Shuningdek, 500 dan ortiq yoshlar ishtirokida master-klasslar bo‘lib o‘tdi. O‘quv mashg‘ulotlarida mamlakatimizdagi eng kuchli IT kompaniyalari rahbarlari, mutaxassislar spiker sifatida ishtirok etdi.  

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/abyO5eCVq0E?si=IxsxHZ5eSSWvC7_V" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Gulnoza Boboyeva,

Doniyor Yoqubov (video),

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Kelajak kasblari» loyihasi yoshlarga qanday imkoniyatlar taqdim etmoqda? (+video)