Ma’lumki, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan bilimli, mehnatsevar, zamonaviy kasb va xorijiy tilni puxta o‘zlashtirgan, hayotda o‘z o‘rnini topa oladigan yoshlarni shakllantirish va ularni kasbga puxta tayyorlash maqsadida “Kelajak kasblari” loyihasi yo‘lga qo‘yilgan.

Bugungi kunga qadar mazkur loyiha doirasida 20 ming 672 nafar yoshlar 35 ga yaqin yo‘nalish bo‘yicha zamonaviy kasblar hamda xorijiy tillarga o‘qitildi va ularga jami 50,7 milliard so‘m miqdorida yordam ko‘rsatildi. Kurs xarajatlari Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hamda tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armalari orqali ajratildi.  

Ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz yoshlarga zamonaviy kasblar va xorijiy tillarni o‘rganish uchun imkoniyat yaratish, zamonaviy kasblar, axborot texnologiyalari va xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha yoshlarga sifatli va bepul ta’lim berish hamda ixtisoslashgan o‘quv markazlarining rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash loyiha vazifalaridan hisoblanadi.  

Loyihaga ko‘ra, ariza beruvchi “Yoshlar daftari”ga kirishi yoki “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha murojaat qilgan 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi yoki ularning vakili hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi kerak.  

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan o‘g‘il-qizlarning zamonaviy kasblarni egallashi, axborot texnologiyalarini o‘rganishi va xorijiy tillarga o‘qish xarajatlari subsidiya orqali qoplanadi. Bundan tashqari, ularning dars jarayonlari vaqti-vaqti bilan nazorat qilib boriladi.  

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) 1-bosqich talabasi Diyorbek To‘lashboyev ham “Kelajak kasblari” loyihasi ishtirokchisi. Maktabda o‘qib yurgan paytlaridayoq unda IT sohasiga qiziqish uyg‘ongan. “Kelajak kasblari” loyihasi esa u uchun ayni muddao edi. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan Diyorbekning kontrakti 25 foizi loyiha doirasida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan to‘lab berilgan.  

– TATUda kompyuter injiniring yo‘nalishida masofaviy ta’lim olaman, – dedi Diyorbek To‘lashboyev. – Sohaga qiziqishim yuqoriligi sabab Pop tumanida joylashgan “IT school” o‘quv markazida veb-dasturlash yo‘nalishi bo‘yicha o‘qituvchi bo‘lib ishlayman. Bugungi kunda yoshlarda bu sohaga qiziqish ancha kuchaygan. Ellikdan ortiq o‘quvchilarga shu soha sirlarini o‘rgatib kelmoqdaman.  

Diyorbekning o‘quvchilari orasida ham hali o‘qishni tamomlamay turib daromad qilayotganlar bor. 19 yoshli yigit uchun o‘qituvchi bo‘lib, o‘quvchilarining yutuqlaridan motivatsiya olish juda katta muvaffaqiyat. Endi u kontraktining qolgan qismini o‘zi mustaqil to‘lay oladi.  

Lola Erjigitova ham 9-sinf o‘quvchisi bo‘lishiga qaramay axborot texnologiyalari sohasiga juda katta qiziqish bildirgan. Otasi uni “Empire IT academy” o‘quv markaziga olib borgan. Lolaning aytishicha, u yerda kompyuter savodxonligini ilk bosqichdan o‘rgangan. Keyinchalik zamonaviy kasblardan birini o‘rganish ishtiyoqi uyg‘ongan.  

– Qiziqish bildirganimdan so‘ng ustozim “Kelajak kasblari” loyihasi tashkil qilingani va “Auto Cad Tredemax 3Ds” kursi ochilganini aytib, menga shu soha mos kelishini qayd etdi, – dedi Lola Erjigitova. – Shu sohada o‘qishga qaror qildim. Boshida biroz qiynaldim. O‘rganishni boshlaganimdan so‘ng ishlagan sari ishlagim kelaverdi. Bu kasbda davomiy ishlashni xohlayman. Kelajakda esa tajribali arxitektor bo‘lishni orzu qilaman.  

Lola 6 oylik kursni yaqindagina tamomladi. Hozir “Fly arch design” studiyasiga ishga taklif qilingan. Lekin maktab o‘quvchisi bo‘lgani uchun u yerga amaliyotchi sifatida borib ish o‘rganmoqda.  

“Kelajak kasblari” loyihasi doirasida hududlar kesimida eng ko‘p daromad topayotgan yoshlar Toshkent shahrida 282 nafar, Farg‘onada 255 nafar, Toshkent viloyatida 196 nafar, Samarqand viloyatida 142 nafarni tashkil etmoqda.  

Joriy yilning 5-7 iyun kunlari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan “Kelajak kasblari-2024” forumi bo‘lib o‘tadi. Yoshlar oyligida ushbu loyiha doirasida ta’lim olgan, kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan, daromad topayotgan va xorijiy til yo‘nalishida yuqori darajadagi xorijiy til sertifikatlarini qo‘lga kiritayotgan yoshlar, shuningdek, hududlardagi yirik IT va xorijiy til o‘quv markaz rahbarlari ham tashrif buyuradi.    

Forum doirasida mahorat saboqlari, IT kompaniyaga tashriflar hamda loyihaning sarhisob uchrashuvi tashkil etiladi.    

Gulnoza Boboyeva,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Kelajak kasblari” loyihasi orqali yoshlarning daromadi ortmoqda