O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

“Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturiga muvofiq hamda 100 yoshga to‘lgan va undan oshgan shaxslarga munosib e’tibor qaratish, shuningdek, pensionerlar, 1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini manzilli ijtimoiy himoya qilish va moddiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish maqsadida:

1. 2015-yilning 1-mayidan 100 yoshga to‘lgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga har oyda eng kam ish haqining 100 foizi miqdorida ustama to‘lash belgilansin.

Belgilab qo‘yilsinki, 100 yoshga to‘lgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga har oyda to‘lanadigan ustama O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

2. 2015-yilning 1-mayidan uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha eng kam ish haqining tabaqalashtirilgan miqdorida har oyda kompensatsiya pul to‘lovlari beriladigan shaxslar imtiyozli toifalarining yangi ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. 2015-yil davomida 75 yoshga to‘lgan va undan oshgan fuqarolardan tayinlangan pensiya va nafaqalarning hisoblanishi, shuningdek, qonunchilikda ko‘zda tutilgan imtiyozlarning qo‘llanilishi to‘g‘riligini tekshirish natijalariga ko‘ra aniqlangan ortiqcha to‘langan pensiya va nafaqalar miqdori hisobdan chiqarilsin.

4. 2015-yilning 1-mayidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga 2- va 3-ilovalarga muvofiq tuzatishlar kiritilsin va o‘z kuchini yo‘qotgan, deb topilsin.

5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda bir oy muddatda: 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qonunchilikka mazkur farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida takliflar kiritsin;

idoraviy me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ushbu farmonga muvofiqlashtirsin.

6. Mazkur Farmon ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov
Toshkent shahri, 2015-yil 14-aprel

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Keksalarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida