Mamlakatimizda “Inson qadri uchun” ezgu tamoyilini hayotga tatbiq etish borasidagi ulug‘vor sa’y-harakatlarda nodavlat notijorat tashkilotlari hamda jamoat birlashmalari ham faollik bilan ishtirok etmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi Namangan viloyati bo‘limi tomonidan Vatanimiz ravnaqi yo‘lida uzoq yillar fidokorona mehnat qilgan, el-yurtda katta obro‘-e’tibor qozongan ellikdan ziyod keksalardan xabar olinib, ularga alohida ehtirom ko‘rsatildi. 

Xususan, o‘z vaqtida Namangan shahar hokimi, “Atlas” jamiyati raisi lavozimlarida samarali faoliyat yuritgan Muhammadjon Karimov, Yangiqo‘rg‘on tuman hokimi va “Paxta-sanoat” uyushmasi raisi vazifalarida ishlagan Abdurahmon Ja’farov xonadonida bo‘lib o‘tgan muloqotlar samimiy ruhda kechdi. 

Darhaqiqat, yurt ravnaqi uchun mehnat qilgan keksalar oilasiga tashrif buyurish, ularning yashash sharoitlari bilan tanishish, esdalik sovg‘alari va oziq-ovqatlar topshirish tashkilotchilarning ustuvor maqsadlariga aylangan. Binobarin, keksalarning bosib o‘tgan hayot yo‘li yoshlarga chinakam ibrat maktabi va tarbiya o‘chog‘idir. 

–Yangi O‘zbekistonda keksalarga qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikni havas qilsa arziydi. Keksalik ham o‘ziga xos davrki, salomatlikdan, yashash sharoitdan nolimayman, shukur qilib yashayman, farzandlarim, nabiralarim atrofimda parvona, qo‘shnilar va qarindoshlar bilan yaxshi aloqadamiz, – deydi Davlatobod tumanidagi mehnat faxriysi Muhammadjon Karimov. – Xonadonimizga kelib, mamnuniyat baxsh etishgani uchun behad minnatdormiz. 

“Keksalar – yurt ko‘rki” shiori ostidagi yo‘qlov tadbirlarida “Nuroniy” jamg‘armasi viloyat bo‘limi raisi, senator Ikromxon Najmiddinov, “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi raisi Ahmadjon Mukarramov tabarruk faxriylariga esdalik sovg‘alari va tashakkurnoma taqdim qildi. 

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Keksalar – yurt ko‘rki