Kegeylida yetishtirilgan mosh xorijga eksport qilinmoqda
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanida faoliyat yuritayotgan “Global Export Kegeyli” mas’uliyati cheklangan jamiyati qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini, xususan, moshni qayta ishlash va eksport qilishga ixtisoslashgan.
2025-yilda tashkil etilgan korxona Xitoy va Turkiyadan keltirilgan zamonaviy avtomatlashtirilgan uskunalar bilan jihozlangan. 10 nafardan ziyod kishi doimiy ish bilan ta’minlangan mazkur korxonada yiliga ming tonnaga yaqin mosh qayta ishlanmoqda.
Ayni kunlarda korxonada ish jarayonlari qizg‘in davom etmoqda. Mahalliy fermer xo‘jaliklari tomonidan yetishtirilgan mosh saralanib, qayta ishlanmoqda va tashqi bozorlarga jo‘natish uchun tayyorlanayapti.
[gallery-32049]
Korxona mahsulotlari Xitoy, Rossiya va Germaniya davlatlariga eksport qilinmoqda. Yillik eksport hajmi 1 million AQSH dollariga yaqinni tashkil etadi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA