Kattaqo‘rg‘onlik firibgarning omadi chopmadi
Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida 10 mart kuni firibgarlik faoliyatining oldini olishga qaratilgan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida Samarqand viloyatida tug‘ilgan fuqaro A.B. mahalliy fuqaroni o‘zining vakolatli tanishlari orqali Janubiy Koreya davlatiga 5 oylik muddatga shartnoma asosida ishga yuborish evaziga undan firibgarlik yo‘li bilan 5000 AQSH dollari olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Hozirda mazkur shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zA