Ijtimoiy tarmoqlarda Paxtaobod tumanida yashovchi fuqaro X.A.ning ichki ishlar idorasi xodimlari tomonidan noqonuniy tarzda ushlab turilganligi yuzasidan videomurojaat tarqalgan edi. Ushbu holat aholi o‘rtasida turli mish-mishlar tarqalishiga sabab bo‘ldi. Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati tomonidan videomurojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilindi.

Videomurojaatda noqonuniy qamoqqa olinganligi aytilgan, 1986 yilda tug‘ilgan, X.A. 2021 yilda Paxtaobod tumanida uchta mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkil etilgan. Mazkur jamiyatlar  ta’minotchi sifatida “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” ro‘yxatlarida turuvchi, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish istagidagi 46 nafar fuqaro bilan chevarlik, asalarichilik va boshqa yo‘nalishlarda mahsulot yetkazib berish to‘g‘risida shartnomalar tuzgan. Shartnomalarga asosan, mahsulot xarid qilish va fuqarolarga yetkazib berish uchun AT “Mikrokredit bank”, “Xalq banki” va “Agrobank” Paxtaobod filiallari tomonidan jami 1 milliard 242 million so‘m kredit mablag‘i ta’minotchi, ya’ni X.A. tomonidan tashkil etilgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga o‘tkazilgan.

Biroq mazkur jamiyatlar shartnomada o‘ziga yuklatilgan shartlarni bajarmagan, fuqarolarning e’tirozlariga sabab bo‘lgan. Keyinchalik mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida banklardan o‘tkazib berilgan mablag‘lar noqonuniy naqdlashtirilgan, kredit ta’minoti egalariga yetkazib bermaslik va ta’minot mahsulotlarini bozor narxidan bir necha barobar qimmat narxlarda sotib olinganligi aniqlangan.

Shunga asosan, o‘tgan yili Paxtaobod tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan A.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168- (firibgarlik), 277- (bezorilik) va 140- (haqorat qilish) moddalari bilan, tergovdan qochib, yashiringanligi sababli sirtdan ayblov va qidiruv e’lon qilingan.

Fuqaro X.A. joriy yilning fevral oyida Rossiya Federatsiyasi Ufa shahrida huquq-tartibot xodimlari tomonidan ushlangan va shu yilning 31 avgust kuni O‘zbekistonga olib kelinib, qonunlarda belgilangan tartibda ushlab turilibdi.

Hozirda mazkur jinoyat ishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksi talablari doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

F.Ubaydullayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Katta miqdordagi kreditni o‘zlashtirib yuborgan ta’minotchi ushlandi