Keyingi yillarda mamlakatimizda oshkoralik, soʻz va matbuot erkinligini taʼminlash borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Oʻtmishga baho berishda adolat va demokratik mezonlardan turib yondashilmoqda. Masalan, bizga maktab darsliklarida “bosmachilik” deb oʻqitilgan harakat aʼzolari aslida milliy ozodlik uchun kurashchilar ekan. Yoki Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan oʻtmishimizda boʻlgan jadidchilik harakati, jadid bobolarimiz faoliyatiga tarixiy nuqtayi nazardan adolatli baho berildi. Bunday tarixga xolis yondashuv, asl haqiqatlarni tiklash ishlari davom etmoqda.

Bugun biz oʻtmishimizning bir jihatdan sharafli hamda ogʻriqli bunyodkorliklaridan biri boʻlgan “Katta Fargʻona” kanali qurilishi haqida soʻz yuritmoqchimiz.

Bu haqda eslasak, dastlab koʻz oʻngimizda ekranlarda koʻrganimiz – umumxalq hasharida xushxandon, qoʻshiq aytib kanal qaziyotgan ota-bobolarimiz, momo-buvilarimizning quvnoq chehralari namoyon boʻladi. Aslidachi? Bunday katta qurilishga oʻsha yillari qanday ehtiyoj bor edi?

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti bosh ilmiy xodimi Muhayyo Sirojiddinova OʻzA muxbirining savollariga javob berar ekan, Fargʻona kanalini qurish paytida ogʻir mehnatdan koʻplab odamlar qiynalgani, hatto halok boʻlgani va kanalni qurishdan koʻzlangan yashirin maqsadlar ortidagi fojealar haqida soʻzlaydi.

–O‘tgan asrning 20-yillaridan boshlab sovet hukumati Turkiston mintaqasida bog‘lar, g‘alla  maydonlarini keskin qisqartirib, paxta dalalarini kengaytirishga katta ahamiyat qaratdi, – deydi Muhayyo Sirojiddinova. — Rasmiy raqamlarga murojaat etsak, O‘zbekiston SSR bo‘yicha paxta maydonlari 1928 yilda 589 ming gektarni tashkil etgan bo‘lsa, 10 yil ichida ushbu ko‘rsatkich deyarli ikki barobar, aniqrog‘i 946 ming gektarga ko‘paygan. 

Ekin maydonlari kengaygach, albatta, uni sug‘orishda muammo paydo bo‘ldi. Shu sababli, O‘zbekiston SSR, Qirg‘iziston SSR va Tojikiston SSR  hududidan o‘tuvchi “Katta Farg‘ona” kanalini qurish masalasi ko‘tarilgan. Mavjud tadqiqotlarda ushbu qurilish qishloq xo‘jaligini rivojlantirish maqsadi bilan bog‘liq bo‘lgani sir emas. 

-Fikrimizcha, Farg‘ona kanalini qurishning asosiy maqsadi boshqacharoq bo‘lgan. Shunday emasmi?

-Oldingi yillarda ham sovet hukumati kanallar qurish bo‘yicha juda katta siyosat olib borgan. Jumladan, 1931-1934 yillarda sovet tuzumiga qarshi qurashgan siyosiy mahbuslarni  “tarbiyalash” maqsadida qo‘l mehnatiga asoslangan “Belomor-Boltiq”, “Moskva-Volga” kanallari qurilishini amalga oshirgan.

O‘zbistondan 1918-1938 yillarda 100 mingdan ortiq o‘zbekistonlik qatag‘on qilingan. Qarindoshi yoki yaqinini yo‘qotgan odamlarda ichki norozilik kuchayib borayotganini ko‘rgan bolsheviklar xalq isyonining oldini olish maqsadida majburiy mehnatga asoslangan qurilish ishlari vositasida odamlarga yana bir bor sovet davlatining qudratini ko‘rsatish va ularni nazoratda ushlash uchun markazdan “Katta Farg‘ona” kanalini qurish loyihalashtirilgan. 

Kanal qurilish loyihasi to‘rt oy mobaynida ishlab chiqilgan bo‘lib, qurilish muddati esa 45 kun deb belgilangan. Bu, o‘z navbatida, butun ishchi kuchini ushbu qurilishga jalb etishni taqozo etgan. 

Rasmiy manbalarda qayd etilishicha, qurilishga O‘zbekiston SSRdan 160 ming nafar ishchi safarbar etilgan. Tojikiston SSRdan 120 ming odam, jami 300 mingdan ortiq odam ishlagan. Bundan tashqari, mehnatkashlarga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun O‘zbekistondan 704 shifokor va olib borilayotgan ishlarni to‘xtovsiz yoritib borish uchun 1072 nafar aloqa xodimlari ham jalb etilgan. 

-Farg‘ona kanalini qurish qanday amalga oshirilgan?

-Mamlakat nafaqat siyosiy, balki iqtisodiy inqirozni boshidan kechirayotgan davrlar edi. Odamlar 1918-1922, 1932-1933 yillardagi ocharchilikni hali unutmagan edi. Xalq orasida paxta ekmaymiz,  paxta eksak och qolamiz, degan norozilik kayfiyati mavjud bo‘lgan. Bunday fikrlovchilarga qarshi sovet davlatining dushmani ayblovi bilan jinoiy ish ochilib, ularni qamash boshlangan. 

Shuningdek, mulkdorlarning bor-yo‘g‘i tortib olinib, kolxozlar ixtiyoriga topshirildi, egalari sovuq o‘lkalarga surgun qilindi. Iqtisodiy nochorlik sharoitida tushkun, siyosiy tazyiq, qo‘rquv holatidagi odamlar “xalq hashari” nomi ostida e’lon qilingan majburiy qurilish ishlariga qarshi ochiq fikr ayta olmagan. 

Bu holat rasmiy manbalarda odamlar o‘z ixtiyori bilan hasharga borgan, deb baholansada, aslida ularning ixtiyori o‘zida bo‘lmagan. Qurilishga ayollar va erkaklar bir xil jalb etilgan. Har bir odamga 2 metr kub, ya’ni 2 tonnaga yakin tuproq qazib chiqarish kunlik me’yori belgilab qo‘yilgan. 

Masalan, kanal qurilishida qatnashgan oltiariqlik Salimaxon ayaning xotirlashicha, “Tuproq ortilgan etaklarni erkag-u xotinlar tepalikka olib chiqar edik. Tuproqni qopga solib, tepalikka tashiyotgan odamlarning kiyimlari qop ishqalanaverganidan yirtilib ketardi. Ish ko‘payib ketganida uyga kelmay, kanal yoqasida yotib qolgan kunlarimiz ham ko‘p bo‘lgan”...

Farg‘ona kanalini qurish harajatlari uchun 40 million rubl ajratish belgilangan.  Bu mablag‘ markaz va O‘zbekiston SSR byudjeti o‘rtasida teng taqsimlangan. Aniqroq qilib aytganda, bu qurilishga O‘zbekiston byudjeti hisobidan 20 million rubl pul sarflangan. 

-Bu mablag‘lar nimalarga sarflangan?

-Eng avvalo, odamlarni oziq-ovqat hamda mehnat qurollari   bilan ta’minlash, qurilish uchun zarur bo‘lgan sement, temir, yog‘och kabi materiallar olish va boshqa ehtiyojlar uchun sarflangan. 

Farg‘ona kanali yuqorida qayd etilgan “Belomor-Boltiq”, “Moskva-Volga” kanallari kabi qo‘l mehnati  bilan qazilgan. Odamlarning asosiy mehnat quroli ketmon hamda belkurak bo‘lgan. Loyiha muhandisi va boshqa rahbarlarga maosh to‘langan bo‘lsa-da, ishchi-dehqonlar pul olmay ishlagan. Maosh o‘rniga kunlik, ya’ni 2 tonnaga yaqin tuproqni qazigani uchun non va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini berish nazarda tutilgan. 

Bu mahsulotlar asosan Farg‘ona kanalini qazishda ishlagan odamlarning oila a’zolari, keksa ota-onasi yoki ayoli va bolalariga berilgan. O‘sha yillari odamlar orasida: “Qorning to‘yishini xohlasang, Farg‘ona kanaliga qazishga bor”, degan gaplar behudaga tarqalmagan. 

- Mazkur hashar paytida ko‘plab taniqli san’atkorlar xalqqa o‘z kuy-qo‘shiqlari bilan dalda bo‘lib turganlari rostmi?

-Albatta, bunday katta qurilishda ishtirok etayotgan odamlar orasida siyosiy targ‘ibot ishlari va madaniy tadbirlar tashkil etishga ham alohida e’tibor qaratilgan. Agar fotosuratlarga e’tibor qaratsangiz, ketmon chopib turgan odamlar oldida gazeta yoki siyosiy ma’ruzalar o‘qib turgan targ‘ibotchilarga ko‘zingiz tushadi. Tushlik vaqtida yoki kechki ovqatdan so‘ng turli madaniy chiqishlar tashkil etilgan. 

Manbalarda 2686 marta konsert qo‘yilganligi, 1500 marta kinoseanslar quruvchilarga namoyish etilgani haqida raqamlar keltiriladi. Bu hasharga hamma o‘zi xohlab qatnashayotgani, bayram tarzida o‘tayotganini ko‘rsatish uchun san’atkorlar jalb qilingan. Aslida bunday og‘ir mehnat sharoitida ko‘pchilik kasallangan, insonlar vafot etgan hollar ham qayd etilgan. 

- Kanal qaysi hududlarni o‘z ichiga qamrab olgan?

- Kanal ikkita yo‘nalishda qurilgan. Birinchi yo‘nalish Norin daryosidan boshlanib, Qora daryogacha borib qo‘shiluvchi Tentaksoygacha, ikkinchisi Qoradaryo va Kuyganyor suv to‘g‘onidan boshlanib Tojikiston SSR chegarasigacha bo‘lgan hududlarga borishi loyihalashtirilgan. 

Kanal uzunligi dastlab 280 kilometr, uzunligi va eni 25-30 metrni tashkil etgan.  1940 yilning oxirida kanal qurilishi yakunlanganda uning uzunligi 358 kilometrgacha cho‘zilgan. Ayni paytda “Katta Farg‘ona” kanali O‘zbekiston (283 km), Tojikiston (62 km) hamda Qirg‘iziston (13 km) hududidan o‘tadi.

- Farg‘ona kanalining bugungi kundagi roli qanday?

- Uzoq yillar davomida kanalga asosan qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati nuqtai nazaridan, sug‘orish inshooti sifatida qarab kelingan. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 maydagi “2017-2021 yillarda gidroenergetikani rivojlantirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroridan so‘ng Farg‘ona kanalining iqtisodiy qiymati tubdan o‘zgardi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Ushbu qarorga ko‘ra, Farg‘ona kanalining qirg‘oqlariga kichik gidroelektrstansiyalar qurish ishlari  rejalashtirildi. Unga ko‘ra, umumiy qiymati 12 ming kilovattgacha elektr energiyasini ishlab chiqarish va 48 ming xonadonni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash bo‘yicha reja ham qabul qilingan. 

“O‘zbekenergiya” bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 2019 yilda Xitoy Xalq Respublikasi bilan 31 million dollarlik loyihalar tuzilib, mini gidroelektrstansiyalar qurilishi amalga oshirilgan. 

- Farg‘ona kanalining o‘ziga xosligi nimada?

-Farg‘ona kanali tarixini batafsil tadqiq etgan tarixchi olim Qobuljon Nasriddinovning izlanishlarida keltirilishicha, odatda kanallarda suv loyqalanib, har yili qayta tozalanadi. Bu kanalda esa, suv cho‘kindilari bo‘lmaydi. Kanal shunday qurilganki, cho‘kindilar to‘xtab qolib, loyqalanib suvning oqimiga ta’sir qiladigan holat deyarli yo‘q. 

Inshoot loyihasi juda puxta bo‘lgan va odamlar ham uni to‘g‘ri qurishgan. Bu kanal O‘zbekiston uchun, eng avvalo, iqtisodiy ahamiyatga ega. Chunki inshoot vodiy aholisini suv bilan ta’minlash bilan birga energeyaga bo‘lgan ehtiyojini ham qondiradi.

O‘zA muxbiri Nigora Rahmonova suhbatlashdi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Katta Farg‘ona” kanali qanday qurilgan edi?