"Katta dubulg‘a" turniridan FOTOREPORTAJ
Toshkentdagi "Humo Arena"da dzyudo bo‘yicha nufuzli "Katta dubulg‘a" turniri davom etmoqda.
Olimpiya o‘yinlariga reyting ochkolarini taqdim etuvchi ushbu musobaqada mezbon mamlakat bitta vaznda to‘rt nafargacha sportchi bilan ishtirok etishi mumkin. Shu bois, 12 nafar sportchimiz musobaqalarda ishtirok etadi.
Bugun erkaklar -73 kg va -81 kg, ayollar esa -63 kg hamda -70 kg vazn toifalarida turnir medallari hamda Tokio Olimpiadasi yo‘lidagi qimmatli reyting ochkolari uchun tatamiga chiqishadi.
Ayni damlarda tatamida kurash qizg‘in tus olgan. Hozirgacha dzyudochilarimiz dadil odimlashmoqda: -70 kg vaznda toifasidagi kurashda Gulnoza Matniyozova chorak finalda Venesuela vakilasi Yelvismar Rodriges bilan kurashdi va raqibasini mag‘lubiyatga uchratib, yarim finalga yo‘l oldi.
-81 kg vaznli G‘iyosjon Boboyev uchinchi davrada germaniyalik dzyudochiga qarshi jang qildi raqibini ippon evaziga mag‘lubiyatga uchratib, chorak finalga chiqdi.
-73 kg Obidxon Nomonov chorak finalda fransiyalik Gullim Sheinga qarshi jang qildi va g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi.
-81 kg Sharofiddin Boltaboyev uchinchi bosqichda qirg‘izistonlik raqibiga qarshi kurashdi va ippon evaziga g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘l oldi...
Musobaqa davom etmoqda.
“Katta dubulg‘a” turnirining ochilish marosimi bugun – soat 16:30 da bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Ochilish marosimida martabali mehmonlar bilan birga Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) prezidenti Marius Vizer ishtirok etadi.
[gallery-1445]
Muhammad AMIN olgan suratlar