Kinematografiya agentligi buyurtmasi bilan suratga olingan «Kasseta» qisqa metrajli filmi Rossiyaning Yaroslavl shahrida o‘tkazilgan «V krugu semi» kinofestivalida hakamlar hay’atining maxsus «Operatorlik ishi» uchun diplom mukofotini qo‘lga kiritdi.

Ushbu film «Ipak yo‘li durdonasi» XIV Xalqaro Toshkent kinofestivalining «Kino 5 kunda» tanlovi doirasida suratga olingan. Shuningdek, mazkur kinokartina Portugaliyaning Lissabon shahrida bo‘lib o‘tgan «SINENOVA 5 th» festivalining finaliga chiqqan.  

Film rejissyori – Mirtemir Murodov, ssenariy muallifi – Shohjahon Subhonov, operator – Otabek Saidov, kartina direktori – Akrom Shohnazarov.  

«Kasseta» filmi bugunning dolzarb masalasiga bag‘ishlangani bilan ahamiyatlidir. Yolg‘iz farzandini tashlab xorijga ishlashga ketishga majbur bo‘lgan ota xotira iztirobida qoladi. O‘g‘lining tasvirlari muhrlangan eski kassetani tomosha qilish hayot mazmuniga aylangan ota haqidagi qisqa metrajli badiiy film tomoshabinlarni befarq qoldirmadi.  

N.Usmonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Kasseta» filmi xalqaro kinofestivalda taqdirlandi