Qozog‘iston Respublikasining eng chekka shaharlaridan biri bo‘lgan Aktau shahri rivojlanib borayotgan zamonaviy kent.

2019 yil – O‘zbekistonda Qozog‘iston yili

Qozog‘iston Respublikasining eng chekka shaharlaridan biri bo‘lgan Aktau shahri rivojlanib borayotgan zamonaviy kent. Uning o‘ziga xosligi shundaki, u go‘zal Kaspiy dengiziga tutash.

Bu shaharga kelishni bejiz tanlamadik. Chunki bu yerda O‘zbekistonda Qozog‘iston yili munosabati bilan O‘zbekistonning yana bir bosh konsulligi ochildi. Bu ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, o‘zbek va qozoq xalqlari do‘stligini mustahkamlashga yana bir zamin yaratdi.

Bir qarashda poyoni yo‘qdek tuyuladigan ummonga boqqan kishining ruhiyati ko‘tarilib, bir-birini quvlayotgan to‘lqinlardan ko‘z uzgisi kelmaydi. Dengiz bo‘yida qad rostlagan osmono‘par oynavand binolarda ham ko‘m-ko‘k suv aksini ko‘rasiz. Sal yurib, ikki qavatli ixcham va chiroyli binolar bo‘ylab ketarkanmiz, nafaqat ko‘zlarim, balkim qalbim quvnab ketadigan hodisa yuz berdi! Chunki viqor bilan hilpirayotgan O‘zbekiston bayrog‘iga ko‘zim tushdi!

Vatan bayrog‘i! Uning o‘zga yurtda qadri boshqacha bo‘ladi. Buni yurtdan olisda yurganlar yaxshi biladi.

Aktauda, Kaspiy dengizi bo‘yida O‘zbekiston bayrog‘i hilpirayotganiga bor-yo‘g‘i bir oydan oshdi.

Ammo mana shu qisqa muddat ichida bu bayroq juda ko‘plab odamlarga iftixor, quvonch, ishonch, umid bayrog‘i bo‘lib hilpirab turibdi. Boisi tabiiy boyliklar, ya’ni neft va boshqa yer osti boyliklari bisyor bo‘lgan, bir so‘z bilan aytganda, bu “boy shahar”ga kelib ishlaydiganlar juda ko‘pchilikni tashkil etadi. Shu jumladan, Aktauda mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklar ham anchagina.

Aktau jug‘rofiy joylashuvi bo‘yicha Toshkent shahriga qariyb 2,5 ming chaqirim olisda joylashgan. Qozog‘istonning markaziy shaharlari Nur-Sulton, Olmaota shaharlariga undan ham uzoq masofada. Masalan, oddiy yo‘lovchi poezdda yo‘lga chiqsa, Olmaotaga uch kunda yetib boradi.

Endi tasavvur qiling, Aktauda ishlaydigan fuqaro biror muammoga duch kelganda qanchalik qiynalganini. Chunki ilgari faqat Olmaotada O‘zbekiston konsulligi bor edi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston davlatlari o‘rtasidagi hamkorlik rivojlanib borayotgani tufayli hozir Qozog‘istonning uch shahrida vakolatxona mavjud.

– Konsulligimiz Qozog‘istonning Mangistau, Atrau, Aktobe, G‘arbiy Qozog‘iston okruglari bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi, – deydi O‘zbekistonning Aktaudagi bosh konsuli Nodir Turg‘unov. – Ushbu hududlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatiga nisbatan yaqin bo‘lgani uchun ushbu hududlardan ko‘plab fuqarolar kelib mehnat qilmoqda. Ularning mehnat sharoiti, sog‘lig‘i, yashash joyi, hujjati bo‘yicha muammolar chiqib turishi tabiiy hol. Konsullik ochilishi bilan, avvalo, fuqarolarga bu haqda xabar berish maqsadida ular ishlaydigan, yashaydigan, o‘qiydigan hududlarga borib, ma’lumot berishga harakat qildik. Internet orqali targ‘ibot ishlarini yo‘lga qo‘ydik. Fuqarolarimiz muammoga duch kelsa bizga murojaat qilishni o‘rgandi. Bir oyda yuzga yaqin pasportini yo‘qotgan yurtdoshlarimizga uylariga qaytish uchun hujjat tayyorlashga ko‘maklashdik. Avvallari bunday muammoga yo‘liqqan yurtdoshimiz Olmaotaga borishga imkon topa olmay, hujjatsiz biror ish qila olmay ko‘plab qiyinchiliklarga duchor bo‘lgan.

Konsullik joylashgan binoni ko‘zdan kechirarkanmiz, bu yerda ko‘zga yoqadigan nafaqat bayrog‘imiz, balki Vatan haqida so‘zlovchi uzum ishkomlari, Toshkentdan olib borib ekilgan qizil atirgullar, hatto kashnich maysalari ham bor va ular yurt haqida so‘zlab turadi.

Konsullikka kirib kelayotgan odam borki, shularni ko‘rib ham dili yayraydi.

Shu yerda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Shumanay tumanidan bo‘lgan Ganjamurod Sharapatov bilan suhbatlashib qoldik. Uning aytishicha, 2010 yildan beri Aktauda ishlar ekan. Pasportini yo‘qotib qo‘ygani uchun konsullikka kelibdi.

Konsullik xodimlari unga besh kun ichida muammosi hal bo‘lishini aytishdi. Holbuki, avvallari bunday kishilar muammoni hal qilish uchun oylab ovora bo‘lishgan.

Konsullikda nafaqat fuqarolarga shu kabi amaliy ko‘mak berish, balki ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy, turistik aloqalarni rivojlantirish ustida ish olib borilmoqda. Bu haqda yana aniq va batafsil ma’lumotlar beramiz. Saytimizni kuzatib boring!

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kaspiy dengizi bo‘yida hilpiragan O‘zbekiston bayrog‘i