2025 yil sentyabr holatiga ko‘ra, Kaspiy dengizining Qozog‘iston qirg‘og‘i tomoni sathi o‘rtacha 29,31 metrni tashkil etdi va so‘nggi o‘n sakkiz yil ichida suv yuzasi 36 000 kvadrat kilometr qisqardi.
Xabarda aytilishicha, joriy yil sentyabr oyida kuzatuv stansiyalari joylashgan shimoli-sharqiy qismda dengiz sathi o‘rtacha minus 29,15 metr, sharqiy qismida esa minus 29,46 metrni tashkil qilgan.
O‘tgan yilga nisbatan Kaspiy dengizi sathi pasaygan: shimoli-sharqda 20 santimetr, sharqa 17 santimetr.
Umuman, mamlakat hududida qirg‘oq chizig‘i ba’zi joylarda 30-35 kilometrga chekingan.
Kaspiy dengizi shimoli-sharqiy qismi, Ural daryosi deltasi va Mang‘istau viloyati qirg‘og‘i eng zaif hududlar hisoblanadi.
G.Sattorova, O‘zA