Kasparov Javohir Sindorov va Gukeş örtasidagi bahs favoritini aytdi
Belgiyaning Antverpen şahrida jurnalistlar bilan muloqot qilgan Kasparov jahon çempionligi uçun kuraşda Gukeşning imkoniyatini biroz yuqori baholadi.
Şaxmat böyiça 13-jahon çempioni Garri Kasparov özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov va amaldagi jahon çempioni, hindistonlik Gukeş Dommaraju örtasidagi bölajak bahs yuzasidan öz taxminini bildirdi.
Belgiyaning Antverpen şahrida jurnalistlar bilan muloqot qilgan Kasparov jahon çempionligi uçun kuraşda Gukeşning imkoniyatini biroz yuqori baholadi. Uning fikriça, hal qiluvçi uçraşuvlarda orttirilgan tajriba hindistonlik şaxmatçining asosiy ustunligi bölişi mumkin.
Sobiq jahon çempioni Sindorovning öyin uslubi ança tomoşabop ekanini e’tirof etdi. Biroq Gukeş avval ham jahon çempionligi uçun bahsda iştirok etgani va bunday bosim ostida öynaş tajribasiga egaligini alohida ta’kidladi.
Kasparovning qaraşlariga jahonning boşqa yetakçi şaxmatçilari töliq qöşilmayapti. Xususan, norvegiyalik Magnus Karlsen özbekistonlik grossmeysterning imkoniyatini yuqori baholagan. Niderlandiyalik Aniş Giri ham Sindorovni kiçik ustunlikka ega da’vogar deb hisoblamoqda.
Qiziği, ikki şaxmatçining klassik vaqt nazoratidagi özaro uçraşuvlarida ustunlik Javohir tomonida. Sindorov Gukeşga qarşi ikki marta ğalaba qozongan va bir marta durang öynagan. Ularning özaro natijasi 2,5:0,5 körinişida.
Jahon şaxmat toji uçun uçraşuv 24-noyabrdan 12-dekabrga qadar Şveysariyaning Jeneva şahrida bölib ötadi. Birinçi partiya 24-noyabr kuni Toşkent vaqti bilan soat 19:00 da boşlanadi.
Reglamentga muvofiq, raqiblar köpi bilan 14 ta klassik partiya ötkazadi. Birinçi bölib 7,5 oçko jamğargan şaxmatçi jahon çempioniga aylanadi. Agar asosiy partiyalardan söng hisob teng bölsa, ğolib tay-breyk orqali aniqlanadi.