Kasbiy va axloqiy masʼuliyat: yangi kodeks – yangi mezonlarga qadam
Xorazmda Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi tomonidan işlab çiqilgan «Özbekiston jurnalistlarining kasbiy etikasi kodeksi»loyihasining mazmun-mohiyati, uning asosiy maqsad va vazifalariga bağişlangan muhokama yiğilişi bölib ötdi.
Unda Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi Xorazm viloyati bölimi mutaxassislari, hududda faoliyat yuritayotgan tajribali jurnalistlar, ommaviy axborot vositalari vakillari, muharrirlar, ijodkorlar hamda soha mutaxassislari iştirok etdi.
Mazkur muhim mavzu doirasidagi yiğilişda bugungi globallaşuv va jadallaşib borayotgan axborot makonida jurnalistning jamiyat oldidagi masʼuliyati, kasbiy odob meʼyorlariga amal qilişi, axborot tarqatişda xolislik, haqqoniylik va adolat tamoyillariga tayanişi masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Tadbirni Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi Xorazm viloyati bölimi raisi Dilbar Bekçanova oçib berdi va sözga çiqdi. U mazkur kodeks loyihasining yaratiliş zarurati, uning jurnalistika sohasidagi örni va ahamiyati haqida fikr bildirdi.
Taʼkidlanganidek, bugungi kunda axborot oliş va tarqatiş imkoniyatlari nihoyatda kengaygan, internet naşrlari, ijtimoiy tarmoqlar va raqamli platformalar jurnalistik faoliyatning ajralmas qismiga aylangan. Bunday şaroitda jurnalistdan nafaqat tezkorlik, balki har bir xabar va material uçun yuksak masʼuliyat, kasbiy halollik hamda axloqiy mezonlarga qatʼiy rioya etiş talab qilinadi.
Şundan söng yiğiliş iştirokçilari “Işonç” gazetasining viloyatdagi muxbiri Muhabbat Töraboeva, “Xorazm haqiqati” va “Xorezmskaya pravda” gazetalari bölim mudiri Ollabergan Rajabov, “Hayot közgusi” gazetasi muharriri Mehribon Tillayeva, “Hurriyat” gazetasi viloyatdagi muxbiri Feruza Tangriberganova va boşqalar kodeks loyihasining alohida bandlari böyiça fikrlari, hujjatda belgilangan tamoyillar yuzasidan öz amaliy tajribalari va takliflarini bildirdilar.

Xususan, jurnalistik materiallarda xolislik va haqqoniylikni taʼminlaş, axborot manbalarini tekşiriş, tasdiqlanmagan maʼlumotlarni tarqatmaslik, inson şaʼni va qadr-qimmatini hurmat qiliş, şaxsiy hayot daxlsizligini taʼminlaş, mualliflik huquqiga rioya etiş kabi masalalar yuzasidan fikr almaşildi.
Muhokamalarda, ayniqsa, hududiy jurnalistika faoliyatiga daxldor jihatlarga alohida urğu berildi.
Qayd etilganidek, viloyat va tumanlarda faoliyat yuritayotgan jurnalistlar aholining kundalik hayoti, hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, mavjud muammolar va ularning yeçimlarini keng jamoatçilikka yetkazişda muhim örin tutadi. Şu bois jurnalistning har bir çiqişi, maqolasi yoki reportaji nafaqat axborot berişi, balki jamoatçilik fikrini şakllantiriş, ijtimoiy masʼuliyatni kuçaytiriş va muammolarga yeçim topişga xizmat qilişi lozim.
Iştirokçilar tomonidan kodeks loyihasini amaliy faoliyat bilan yanada uyğunlaştiriş, unda zamonaviy internet jurnalistikasi, ijtimoiy tarmoqlarda axborot tarqatiş madaniyati, sunʼiy intellekt vositalaridan foydalanişda mualliflik va axborot işonçliligi bilan boğliq masalalarni ham eʼtiborga oliş yuzasidan takliflar ilgari surildi.
Şuningdek, jurnalistning tanqidiy çiqişlari bilan şaxsiy manfaat yoki biror tomonning taʼsiri ostida tayyorlangan materiallar örtasidagi farqni aniq belgilaş, tanqidiy materiallarda dalillarga tayaniş, fikr bildirişda muvozanatni saqlaş va xolis munosabatni taʼminlaş zarurligi qayd etildi.
Muhokama davomida bir muhim jihat alohida taʼkidlandi: jurnalistning kasbiy erkinligi uning masʼuliyatidan ajralgan holda namoyon böla olmaydi. Erkin fikr, mustaqil pozitsiya va tanqidiy yondaşuv jurnalistikaning muhim belgisi bölsa, haqqoniylik, xolislik, insonparvarlik va kasbiy odob ana şu erkinlikning maʼnaviy mezonidir.
Yiğiliş yakunida bildirilgan fikr va takliflarni umumlaştiriş, ularni kodeks loyihasini yanada takomillaştiriş jarayonida inobatga oliş muhimligi qayd etildi.
Darhaqiqat, jurnalistning obrösi uning qalamidan çiqqan sözning taʼsir kuçi bilangina emas, balki şu söz ortidagi haqiqat, masʼuliyat va vijdon mezonlari bilan ham belgilanadi.
Axloq-odob kodeksi esa jurnalistning kasbiy faoliyatida ana şu qadriyatlarni mustahkamlaş, jamiyatning ommaviy axborot vositalariga bölgan işonçini oşiriş va milliy jurnalistika nufuzini yuksaltirişga xizmat qiladigan muhim hujjatdir.
Ahmadjon Şokirov,
ÖzA muxbiri