Sirdaryo viloyatida maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tizimida jami 312 ta umumiy o‘rta ta’lim, 10 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internati, 12 ta xususiy, 1 ta Prezident maktabi, 1 ta Halima Xudoyberdiyeva nomidagi Ijod maktabi bo‘lib, 2023/2024 o‘quv yilida mazkur umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 11-va 9-sinflarini 156 ming 191 nafar o‘quvchi bitirdi. 249 nafar o‘quvchi oltin va 42 nafari kumush medallarga sazovor bo‘ldi. Bitiruvchilarning 352 nafari esa muddatidan oldin oliy ta’lim dargohlariga talabalikka qabul qilindi.

Bunday natijaga o‘z-o‘zidan erishilgani yo‘q. Davlatimiz rahbarining ta’lim tizimiga bo‘lgan e’tibori, sohada olib borilayotgan islohotlar, ilg‘or pedagogik metodlarning bosqichma-bosqich sohaga joriy etilishi va shu bilan birga o‘quvchilarning qiziqishi va qobiliyatiga qarab fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish, xorijiy til va kasb-hunarga o‘rgatish tizimi yo‘lga qo‘yilgani yutuqlarning bosh omili bo‘ldi.

– Bunda pedagoglarning kasbiy tayyorgarligi muhim o‘rin tutadi. Shu maqsadda o‘tgan davr mobaynida 12227 nafar pedagog hamda 188 nafar o‘rta ta’lim maktablari direktori malaka oshirish kurslarida qayta o‘qitilgan bo‘lsa, 1416 nafar pedagog onlayn tarzda malakalarini oshirdi. Umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan 1147 nafar xorijiy til o‘qituvchisining 640 nafari milliy va xalqaro til sertifikatlariga ega bo‘lgan bo‘lsa, 889 nafar o‘qituvchimiz esa xalqaro va milliy  sertifikatlarga ega bo‘lishdi. Bu esa, o‘z navbatida ta’lim sifatining oshishiga, zukko, bilimli o‘g‘il-qizlarimiz soni ortishida qo‘l kelyapti, – deydi viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Nargiza Xolboyeva.

Ana shu ishlar samarasida Sirdaryo viloyatidagi maktabgacha va maktab ta’limi tizimida o‘qiyotgan o‘quvchilarning reyting ko‘rsatkichi to‘rt-besh yil oldingiga qaraganda ancha oshgan bo‘lsa, Respublika hamda xalqaro fan olimpiadalarida yuqori natijalarni qo‘lga kiritayotganlar soni ortdi. Misol uchun aytganda, o‘tgan o‘quv yilida sirdaryolik maktab o‘quvchilari xalqaro fan olimpiadalarida 1 ta oltin va 5 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi. Bu natijalar esa sirdaryolik o‘quvchilarning xalqaro maydonda o‘z bilimlari bilan bahslasha olishi mumkinligini ko‘rsatdi.

[gallery-20837]

– Biz bular bilan chegaralanib qolmaymiz, oldimizda maqsadlar va vazifalar ko‘p, – deydi boshqarma boshlig‘i. – Shu boisdan ham, viloyatning qay bir go‘shasi bo‘lmasin, unda joylashgan ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishga, ilg‘or pedagogik metodlarni qo‘llashga, yangicha fikrlaydigan, kreativ g‘oyasi bor o‘qituvchilarning g‘oyalarini ta’lim tizimiga tatbiq etishga harakat qilyapmiz. Chunki ta’lim tizimi murakkab tizim. Bunga befarq qarab bo‘lmaydi.  

Eng quvonarlisi, Sirdaryoda davlatimiz rahbarining “Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan joriy o‘quv yilidan boshlab o‘qituvchilarning kasbiy bilim darajalarini oshirish, tajriba almashishini yo‘lga qo‘yish hamda ta’lim sifatini yuqori bosqichlarga ko‘tarish maqsadida maktabgacha va maktab ta’limi tizimida “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari joriy etildi.

Dushanba kuni ijtimoiy fanlar (tarix, davlat va huquq asoslari, tarbiya) o‘qituvchilari uchun, seshanba kuni filologiya fanlari (ona tili va adabiyot, o‘zbek tili/rus tili) o‘qituvchilari uchun, chorshanba kuni tabiiy fanlar (fizika va astronomiya, kimyo, biologiya, geografiya va iqtisodiyot, tabiiy fan) o‘qituvchilari uchun, payshanba kuni aniq fanlar (matematika, informatika va axborot texnologiyalari) o‘qituvchilari uchun hamda juma kuni xorijiy tillar o‘qituvchilari uchun, shanba kuni esa amaliy fanlar (tasviriy san’at, chizmachilik, musiqa madaniyati, texnologiya, jismoniy tarbiya, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik) va boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari yo‘lga qo‘yildi.

Bunga esa, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining barcha o‘qituvchilari jalb etildi. Bu o‘qituvchilar, “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlantirish soati” tadbirlarini o‘tkazadigan vaqtda dars mashg‘ulotlari va boshqa tadbirlarga jalb qilinmaydi. Eng muhimi, ushbu tadbirlarda mentor-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritadigan fan o‘qituvchilariga asosiy ish joyi bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasasi direktor jamg‘armasi hisobidan lavozim maoshining 20 foizi miqdorida qo‘shimcha har oylik ustama haq to‘lab berilyapti.

Bundan tashqari, 2023-2024 o‘quv yili davomida viloyatdagi 22 ta umumta’lim maktabi, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari “Yangi baholash tizimi”ga o‘tkazildi. Yangi o‘quv yilidan boshlab yana 38 ta umumta’lim maktabida mazkur baholash tizimi joriy etiladi. Kelgusida qolgan umumta’lim maktablari ham bosqichma-bosqich yangi baholash tizimiga o‘tkaziladi. Bunda o‘quvchilar o‘zining harakati, intilishi va fanlarni mukammal o‘zlashtirishi orqali formativ, summativ baholash tizimida baholanadi.

Zamon talablaridan biri maktabni o‘zgartirmasdan turib jamiyatni o‘zgartirib bo‘lmasligidir. Ta’lim va tarbiyaning asosi, poydevori bu  bog‘cha va maktabdir. Zero, xalqimizning xohishi va istagidan kelib chiqqan holda ta’lim tizimining poydevori bo‘lgan maktabgacha ta’lim tizimi va boshqaruvini tubdan takomillashtirish masalasi ham davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Xususan, viloyatda 2016 yilgacha maktabgacha ta’limga bolajonlarni qamrab olish 24 foizni tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib qamrov qariyb 82 foizga ko‘tarildi. Shuningdek, soha rivojiga qaratilayotgan e’tibor natijasida maktabgacha ta’lim tizimida mehnat qilib kelayotgan pedagoglarni malaka toifalash tizimi yo‘lga qo‘yilganligi, oliy ma’lumotli tarbiyachilarning oylik maosh stavkalari maktab o‘qituvchilarining oyligiga tenglashtirilganligi tizimga berilayotgan e’tiborning yana bir namunasidir.

O‘z kasbining ustasi hisoblangan 44 nafar sirdaryolik ustoz Vazir jamg‘armasi hisobidan oyliklariga qo‘shimcha ravishda ustama olyapti. Bu esa, albatta, boshqa muallimlar uchun ibrat  maktabi bo‘lib xizmat qilmoqda.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” joriy etildi