Farg‘ona viloyati Oltiariq tuman 2-son kasb-hunar maktabida “Kasbim – kelajagim poydevori” shoiri ostida kasblar festivali va ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi.

Unda tumandagi umumta’lim mayetablarining 9-sinf bitiruvchilari, ish beruvchilar hamda hamkor tashkilotlar mutasaddilari ishtirok etdi. Tadbir davomida ishtirokchilar va bitiruvchi sinf o‘quvchilari kasb-hunar o‘rganishlari uchun yaratilgan sharoitlar, o‘quvchilar tomonidan yaratilgan ijodiy ishlar, darsdan tashqari vaqtlarda shug‘ullanish mumkin bo‘lgan qo‘shimcha kasblar bilan yaqindan tanishdilar. 

Kasb-hunar maktabi o‘quvchilari va ishlab chiqarish korxonalari vakillari hamkorligida “Aqlli svetofor” qurilmasi yaratilib, amaliyotga tatbiq etilganligi barchada qiziqish uyg‘otdi. Asosiysi, bitiruvchilarning mazkur kasb-hunar maktabida o‘qish istagini bildirgani pedagogik jamoaning yutug‘i sifatida e’tirof etildi. 

–Payvandlash yo‘nalishida tahsil olaman. bugungi tadbirda bu kasbga talab yuqoriligi, ish haqi ham yaxshiligini ta’kidlashdi. Bir necha korxonaga taklif qilishdi. Diplomni olgach, albatta ulardan birida ishlash niyatidaman, – deydi Abdulloh Raimov.

– Kompyuter tarmoqlari operatorligi yo‘nalishini bitiryapman. Zamonaviy kasb bo‘lgani uchunmi bir yo‘la uchta tashkilotdan taklif tushdi. Bizga mukammal bilim bergan ustozlarimizga rahmat aytmoqchiman, – deydi Maftunaxon Sharipova.

M. Sulaymonov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kasbim – yorqin kelajagim