Har bir davlat rivoji, kelajagi yoshlar bilan bog‘liq. Shu bois mamlakatimizda yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini mustahkamlash, ularning yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorligini oshirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida 2021 yilga “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”, deb nom berish taklifi ham sohada olib borilayotgan ishlarni yangi bosqichga olib chiqadi, albatta.

Iqtidorli o‘g‘il-qizlarimizning yuqori texnologiyalar va zamonaviy bilimlarni chuqur o‘zlashtirishiga keng sharoit yaratish hamda raqobatbardosh milliy kadrlarning yangi avlodini tayyorlash maqsadida Toshkent shahrida alohida universitet tashkil etiladi. Ushbu oliygohga chet eldagi yetakchi olim va professor-o‘qituvchilar jalb qilinib, yoshlarga eng zamonaviy dasturlar asosida ta’lim-tarbiya beriladi. Mana shunday ilm dargohlarida tahsil olgan zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, kreativ fikrlaydigan, mamlakatning munosib kelajagi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga ola biladigan barkamol, maqsadga intiluvchan va serg‘ayrat yoshlar yetishib chiqadi.

Shuningdek, kelajagimiz egalarining mehnat ko‘nikmalarini maktab davridan boshlab shakllantirish maqsadida “kasbga o‘rgatish tizimi” joriy etiladi. Natijada har bir kasbning yetuk va malakali kadrlari yetishib chiqadi. Bunday kadrlar yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo‘lida xizmat qiladi.

Yana bir muhim masala. Davlatimiz rahbari O‘zbekiston yoshlari forumida so‘zlagan nutqida ta’kidlaganidek, ayni paytda yurtimizda erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini tezkor rivojlantirish bo‘yicha yetarli tajriba to‘plandi. Endi, orttirgan tajribamiz asosida respublikamizning barcha shahar va tumanlarida “Yoshlar kichik sanoat zonalari” tashkil etiladi. Ushbu sanoat zonalarida yoshlar loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish uchun zarur bo‘ladigan barcha infratuzilma ob’ektlari joylashtiriladi.

Bir so‘z bilan aytganda, xalqimizning bir yosh vakili sifatida yoshlarning manfaatlarini himoya qilish, ularga zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratib berish yo‘lida bor kuchim bilan xizmat qilaman.

Jamshid QOSIMOV,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kasbga o‘rgatish tizimida yetuk va malakali kadrlar tayyorlanadi