Keyingi yillarda o‘quvchilarni oliy ta’limga qamrab olish bilan birga ularda kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish borasida ham ko‘p ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanidan boshlangan bu tajriba hozir mamlakatimizda ancha ommalashib, o‘z natijasini bera boshladi.

Joriy 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab Toshkent viloyatidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarni bo‘sh vaqtida kasb-hunarga o‘rgatish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, barcha shahar va tumanda namuna sifatida sektorlar bo‘yicha 4-5 tadan maktab tanlab olinib (jami 92 ta maktabda), 2 ta xorijiy til va kamida 1 ta kasb o‘rganishga yo‘naltirildi. 

Xususan, Xitoy Xalq Respublikasi bilan tuzilgan shartnomaga asosan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “5-9-sinflarda xorijiy til va informatika fanlarini o‘qitish sifatini oshirish” loyihasi doirasida ajratilgan grant bo‘yicha viloyatdagi 93 ta maktabga zamonaviy kompyuter jihozlari keltirilgan. Mazkur sa’y-harakatlar birinchilardan bo‘lib Angren shahrida boshlandi. Xususan, hududdagi 39-umumta’lim maktabi bu borada ancha ijobiy natija ko‘rsatmoqda. 

–Hozir ta’lim dargohimizda 1 ming 310 nafar o‘g‘il-qiz tahsil olmoqda, – deydi 39-umumta’lim maktabi direktori Gulnoza Bahodirova. – Asosan, 5-sinfdan boshlab o‘quvchilarga 30 turdagi kasb-hunar o‘rgatiladi. To‘garaklar faoliyatini rivojlantirish uchun malakali mutaxassislar jalb qilingan. Hozir savatchilik, haykaltaroshlik, sartaroshlik, tikuvchilik, mebel yasash, to‘quvchilik, rassomlik, pazandalik kabi to‘garaklarga qiziqish katta. Sababi o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan mahsulotning sotuvdan tushgan pullari bolalarga tegadi. Buning uchun shahar markazida maxsus do‘konlar ham ochilgan. Bu ishlardan ota-onalar ham xursand. Maqsadimiz yoshlarning bo‘sh vaqtini to‘g‘ri tashkil qilishdir. 

Mazkur maktab Angrendagi bir qator ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Texnologiya fani o‘qituvchisi Baxtiyor Mirzayevning ta’kidlashicha, mebel va yog‘ochsozlik mahsulotlari yasaladigan to‘garakka bolalarning qiziqishi katta. Ular darsdan keyin hududdagi “ROM.UZ” korxonasiga borib, “Ustoz-shogird” an’analari asosida ish o‘rganmoqda. Shu asosida maktabdagi ustaxonada boshqa bolalar bilan birga korxona tomonidan berilgan 20 turdan ziyod buyurtmalar yasaladi. Shunga yarasha haq to‘lanadi. Qizig‘i shundaki, ortib qolgan yog‘och qoldiqlaridan qushlar uchun uychalar, stul, kitob uchun lavh va boshqa turli mahsulotlar ham tayyorlanmoqda. 

Bundan tashqari, inklyuziv ta’limda Angrenning o‘z tajriba maktabi bor. Uch yil muqaddam tashkil etilgan ikkita sinfda sog‘lom bolalar bilan birga besh nafar imkoniyati cheklangan o‘quvchilar o‘qishni boshlagan edi. Hozir ularning soni 11 nafarga yetdi. Maktabga kelolmaydigan o‘quvchilarning uyiga borib ham dars o‘tilmoqda. Angren shahar maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limi mutaxassisi Aziza Sattorovaning aytishicha, bu ishlardan ota-onalar ham xursand. Ular darslarda qatnashib, jarayonlarni kuzatmoqda. Bolalarning salomatligini nazorat qiluvchi tibbiy tekshiruvlar ijobiy ko‘rsatkich qayd etmoqda. 

Yaqinda Yaponiya davlatidan kelgan mutaxassislar ham bolalarga ta’lim berish borasidagi bu tajribalarni ijobiy baholadi. Jumladan, 18-sonli umumta’lim maktabining shu yo‘nalishdagi natijalari quvonarli. Imkoniyati cheklangan bolalar sekin asta tengdoshlari bilan birga o‘qimoqda. Bunda tajribali pedagoglarning faoliyatini ham alohida ta’kidlash lozim. 

A.Musayev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kasb-hunar o‘rganishga o‘ziga xos yondashuv