Kasanachilarning muammolari o‘rganildi
Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mita raisi Iqboljon Ergashev Jizzax viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Xususan, I.Ergashev viloyatning Mirzacho‘l, Arnasoy, Do‘stlik tumani xo‘jaliklarida Do‘stlik tajribasi asosida parvarishlanayotgan ipak qurtlari parvarishi agrotexnikasi va sharoitlari bilan tanishib chiqdi.

O‘rganishlar jarayonida Mirzacho‘l tumani Abay Mirzadala xo‘jaliklari, Arnasoy tumani Oltin Vodiy xo‘jaliklari, Do‘stlik tumani Navro‘z, Saritepa, K.Rahimov xo‘jaliklarining dala shiyponlarida hamda aholi xonadonlarida parvarishlanayotgan ipak qurtlari ko‘zdan kechirildi.


Kasanachilar muammolari o‘rganilib, kerakli tavsiyalar berildi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA