Kasallikka qarşi kuç — hamjihatlikda
Tuberkulyozga qarşi kuraşiş faqat şifokorlar yoki tibbiyot muassasalarining vazifasi emas. Bu borada kasallikni erta aniqlaş, bemorlarni davolanişga jalb etiş va ularni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş bilan bir qatorda, jamoatçilikning faol iştiroki ham muhim. Ayniqsa, mahallalar, davlat taşkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalarining hamjihatlikdagi harakati kasallikka qarşi kuraş samaradorligini oşiradi.
Guliston şahrida «Soğlom avlod uçun» hukumatga qaraşli bölmagan xalqaro xayriya fondi taşabbusi bilan taşkil etilgan hududiy davra suhbatida ana şu masalalar atrofliça muhokama qilindi. Unda «Özbekistonning Farğona, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida institutsional va jamoalar darajasida hayotiy muhim tibbiy xizmatlar körsatiş tizimini mustahkamlaş» loyihasi doirasida amalga oşirilgan işlar va erişilgan natijalar sarhisob qilindi.
AQŞ Hukumati, Stop TB Partnership hamda BMTning Loyihalarga xizmat körsatiş boşqarmasi (UNOPS) kömagida amalga oşirilayotgan mazkur taşabbusning asosiy maqsadi tuberkulyozni erta aniqlaş, bemorlarni davolanişga jalb etiş, ularga tibbiy, psixologik va ijtimoiy yordam körsatiş tizimini takomillaştirişdan iborat.
Fondning bu yönalişdagi faoliyati mazkur loyiha bilan çeklanmaydi. Uning köp yillik tajribasi aholi salomatligini muhofaza qiliş, kasalliklarni erta aniqlaş va ehtiyojmand qatlamlarga tibbiy yordam körsatişga qaratilgan keng kölamli işlar bilan boğliq.
Jumladan, 2021-yil mart oyidan 2024-yil sentabriga qadar AQŞning «Resource & Policy Exchange» nodavlat notijorat taşkiloti bilan hamkorlikda Jizzax, Sirdaryo va Farğona viloyatlaridagi silga qarşi kuraşuvçi tibbiyot muassasalariga umumiy qiymati 325,8 ming AQŞ dollariga teng tibbiy asbob-uskunalar va buyumlar yetkazib berildi. Ular orasida stetoskoplar, tonometrlar, elektron termometrlar, elektrokardiograflar, audiometrlar va boşqa zarur jihozlar bor. Şuningdek, fondning köçma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadalari 1996–2026-yillar davomida respublika böylab, jumladan, eng çekka qişloq va mahallalarda tibbiy köriklar taşkil etib, jami 6 million 238 ming 254 nafar aholini tekşiruvlar bilan qamrab oldi. Bu tajriba aholi bilan bevosita işlaş, tibbiy xizmatlarni çekka hududlarga yetkaziş va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qöllab-quvvatlaş borasida fondning imkoniyatlari kengligini körsatadi.
[gallery-32755]
Davra suhbatida «Soğlom avlod uçun» hukumatga qaraşli bölmagan xalqaro xayriya fondi boşqaruvi raisi örinbosari, loyihaning milliy koordinatori Nozimjon Möminov, fondning Sirdaryo viloyati bölimi raisi Yulduz Usmonova, Özbekiston nodavlat notijorat taşkilotlari milliy assotsiatsiyasining Sirdaryo viloyati hududiy bölimi rahbari Alişer Irismetov, viloyat soğliqni saqlaş, oila va xotin-qizlar boşqarmalari, Özbekiston mahallalari uyuşmasi viloyat boşqarmasi, viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazi, OITSga qarşi kuraş markazi vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari iştirok etişdi.
Dastlab Nozimjon Möminov loyihaning maqsad va vazifalari, şuningdek, amalga oşirilgan işlar haqida maʼlumot berdi. Qayd etilişiça, 2026-yilda uçta pilot viloyatda multidissiplinar jamoalar şakllantirilgan. Ularning tarkibiga koordinatorlar, ftiziatr şifokorlar, hamşiralar, psixologlar, ijtimoiy va autriç xodimlar jalb etilgan. Mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oşiriş maqsadida öquv treninglari taşkil qilinib, jamoalar zarur texnika, mebel va iş vositalari bilan taʼminlangan.
Loyiha qamrovi bosqiçma-bosqiç kengaytirilib, Sirdaryo viloyatidagi Oqoltin tumani ham jamoalar faoliyat yuritadigan hududlar safiga qöşildi. Bu aholi bilan manzilli işlaş, kasallik xavfi yuqori bölgan guruhlarni aniqlaş va ularni tibbiy köriklarga yönaltiriş imkoniyatlarini kengaytirdi.
Taqdim etilgan statistik maʼlumotlar amaliy işlar kölamini yaqqol namoyon etdi. Jumladan, 2026-yil aprel–oktabr oylarida uçta pilot viloyatda 30 ming 905 nafar şaxs sil kasalligi böyiça skriningdan ötkazildi. 8 ming 279 nafar fuqaro qöşimça taşxislaş uçun yönaltirildi. Natijada kasallikning 153 ta holati aniqlanib, 148 nafar bemor davolanişni boşladi.
Şuningdek, mobil rentgen uskunalari va kompyuter yordamida tahlil qiliş (CAD) texnologiyasi qöllanilgan 57 ta skrining aksiyasida 5 ming 896 nafar şaxs tekşiruvdan ötkazildi. Tekşiruvlar natijasida sil kasalligining 6 ta, latent sil infeksiyasining 176 ta holati aniqlandi. Tadbirlar davomida aholiga kasallikning belgilari, yuqiş yöllari va profilaktika çoralari tuşuntirilib, ftiziatrlar hamda boşqa mutaxassislar maslahatlari berildi.
— Işonç bilan aytişim mumkinki, bu boradagi işlar kelgusida ham izçil davom ettiriladi, — deydi «Soğlom avlod uçun» hukumatga qaraşli bölmagan xalqaro xayriya fondi boşqaruvi raisi örinbosari, loyihaning milliy koordinatori Nozimjon Möminov.
Sirdaryo viloyati ftiziatriya va pulmonologiya markazi direktori Jonibek Pölatov hududdagi epidemiologik vaziyat, kasallikni aniqlaş va davolaş borasida amalga oşirilayotgan işlar xususida töxtaldi.
Taqdimotda keltirilgan maʼlumotlarga köra, 2026-yilning dastlabki ön oyida viloyatda sil kasalligi böyiça dispanser nazoratida turganlar soni 446 nafarni taşkil etgan. Birlamçi aniqlangan bemorlar 226 nafar bölgan. Şu davrda kasallik bilan boğliq 5 ta ölim holati qayd etilgan.
Mutaxassis kasallikni dastlabki bosqiçda aniqlaş, aholini profilaktik köriklarga jalb qiliş, dori vositalariga çidamli silni öz vaqtida taşxislaş va bemorlarning davolaniş jarayonini muntazam nazorat qiliş zarurligini taʼkidladi. Şuningdek, laboratoriyalarga balğam va qon namunalarini yetkaziş logistikasi, molekulyar-genetik tekşiruvlar imkoniyatlari hamda tibbiy xizmatlarni raqamlaştiriş rejalari haqida maʼlumot berildi.
Sirdaryo viloyatida multidissiplinar jamoalar faoliyatining natijalari ham eʼtiborga molik. 2026-yil aprel–sentabr oylarida pilot hududlarda aniqlangan sil holatlarining 20,2 foizi aynan şu jamoalar hissasiga töğri kelgan. Bu körsatkiç kasallikka çalinganlarni aniqlaş, aholi bilan manzilli işlaş va bemorlarni tibbiyot muassasalariga yönaltirişda mazkur yondaşuvning samaradorligini körsatadi.
Biroq sil kasalligiga qarşi kuraşda taşxis qöyiş va davolaşning özi yetarli emas. Bemorning davolaniş kursini töliq ötaşi, bu jarayonda ruhiy va ijtimoiy jihatdan qöllab-quvvatlanişi ham muhim.
Şu bois loyiha doirasida bemorlar va ularning oilalari bilan psixologik hamda ijtimoiy yönalişda iş olib borilmoqda. Psixologlar va ijtimoiy xodimlar maslahatlari, qöllab-quvvatlaş guruhlari, bemorlar maktablari va rağbatlantiruvçi çoralar davolaniş jarayonida yuzaga kelişi mumkin bölgan qiyinçiliklarni yengişga qaratilgan.
Muhokamalarda kasallik atrofidagi notöğri qaraşlar, stigma va kamsitiş holatlariga qarşi kuraşiş masalasiga ham alohida eʼtibor qaratildi. Zero, bemorni ayblaş, undan uzoqlaşiş yoki jamoadan ajratiş uning davolanişiga salbiy taʼsir körsatişi mumkin. Şuning uçun mahallalarda töğri tuşunçani şakllantiriş, oila aʼzolari va jamoatçilikning xabardorligini oşiriş, bemorlarga hurmat va hamdardlik bilan munosabatda böliş zarur.
Bu borada mahalla, xotin-qizlar taşkilotlari, tibbiyot muassasalari, nodavlat notijorat taşkilotlari va ommaviy axborot vositalari hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi. Aholi örtasida muntazam tuşuntiriş işlarini olib boriş, kasallik haqidagi asossiz xavotirlar va notöğri tasavvurlarni bartaraf etiş umumiy maqsadga erişişga xizmat qiladi.
Tadbir yakunida loyiha doirasida töplangan tajribani kengaytiriş, erişilgan natijalar barqarorligini taʼminlaş, profilaktika va axborot-tuşuntiriş işlarini kuçaytiriş yuzasidan takliflar bildirildi. Şuningdek, soğliqni saqlaş muassasalari, mahalliy davlat organlari, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari, xotin-qizlar va nodavlat notijorat taşkilotlari örtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi.
Davra suhbatida bildirilgan fikr va takliflar bir haqiqatni yana bir bor tasdiqladi: tuberkulyozga qarşi samarali kuraşiş uçun şifokorlarning bilimi va tibbiy imkoniyatlar bilan bir qatorda, jamiyatning hamjihatligi, bemorlarga kömak va har bir fuqaroning masʼuliyati ham zarur.
Ğulom Primov, Umid Obidjonov (surat) ÖzA