Markaziy bank taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yil davomida milliy to‘lov tizimlari bo‘lgan “Uzcard” va “Humo” tizimlarida amalga oshirilgan kartadan kartaga pul o‘tkazmalari 224,3 trln. so‘mni tashkil etib, bu ko‘rsatkich 2022 yilga nisbatan 80,8 trln. so‘mga yoki 56 foizga ko‘pdir.

Bunda 2023 yildagi kartadan kartaga pul o‘tkazmalari P2P to‘lovlarining 65,7 foizi "Uzcard" hissasiga, 34,3 foizi "Humo" to‘lov tizimi hissasiga to‘g‘ri kelgan. 

O‘tgan yilda Tezkor to‘lovlar tizimi orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalar soni 2022 yilga nisbatan 78 foizga va hajmi 35 foizga oshib, mos ravishda 31,4 mln. tani va 603,8 trln. so‘mni tashkil etdi. 

Bunda Moliya vazirligi G‘aznachiligiga o‘tkazilgan byudjet to‘lovlari hajmi 2022 yilga nisbatan qariyb 3 barobarga o‘sgan holda 64,2 trln. so‘mdan oshdi. Tezkor to‘lovlar tizimi orqali amalga oshirilayotgan to‘lovlar ko‘lamining ortib borishi natijasida 2023 yil yakuniga kelib xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar jami to‘lov topshiriqnomalarining 91 foizi bankka tashrif buyurmagan holda masofadan turib amalga oshirilgan. 

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, 2023 yilda Hisob-kitoblar kliring tizimi orqali amalga oshirilgan to‘lovlar hajmi 78,0 trln. so‘mni tashkil etib, 2022 yilga nisbatan 1,3 barobarga oshdi. 

O‘tgan yil davomida Hisob-kitoblar kliring tizimi orqali amalga oshirilgan 102 mln.dan ziyod tranzaksiyalarning 16,6 foizi jismoniy shaxslardan undirilgan soliqlar va yig‘imlar, 16,1 foizi Adliya vazirligi tizimidagi tashkilotlar, 13,1 foizi G‘aznachilik, 11,2 foizi Davlat xizmatlari markazi va 10,9 foizi yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun qo‘llanilgan jarimalar uchun amalga oshirilgan to‘lovlar hissasiga to‘g‘ri keladi. 

O‘tgan yilda “QR-online” axborot tizimi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlariga taqdim qilingan QR-kodlar soni 2022 yilga nisbatan 3 mingtaga ortib, 100,7 ming donaga yetdi va tranzaksiyalar summasi qariyb 2,5 barobarga ortib, 137 mlrd. so‘mdan 337 mlrd. so‘mga oshdi. 

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kartadan kartaga pul o‘tkazmalari 56 foizga oshgan