Yurtimizda aniq chora-tadbirlarning amaliyotga tatbiq etilayotgani natijasida investitsiya kiritayotgan korxonalar soni yil sayin ortib bormoqda.

Jumladan, davlatimiz rahbari raisligida 2025 yil 16 yanvar kuni investitsiyalarni keng jalb etish va eksport hajmini oshirish borasidagi ishlar natijadorligi hamda kelgusidagi asosiy vazifalar muhokamasi bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mamlakatimizdagi ochiqlik, kuchli investitsiya siyosati natijasida iqtisodiyot barqaror o‘sib kelayotganligi alohida ta’kidlangan edi. Xususan, 2024 yilda yalpi ichki mahsulot 6,5 foizga oshib, 115 milliard dollarga yetgan. Xorijiy investitsiya 1,6 barobar o‘sib, qariyb 35 milliard dollarni tashkil qilgan. Qiymati 10 milliard dollarlik 242 ta yirik va o‘rta loyihalar ishga tushirilgan.

Navoiy viloyatida ham mahalliy sanoatni rivojlantirish va mavjud resurslardan oqilona foydalangan holda investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Karmana tumanida 2024 yilda umumiy qiymati 94,4 million dollar bo‘lgan 61 ta loyiha ishga tushirilib, 2394 ta ish o‘rni yaratildi.

– Tumanimizda 20 dan ziyod korxona tomonidan 30 dan ortiq davlatlarga sanoat va meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilindi, – deydi tuman hokimi o‘rinbosari – tuman Investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i Amriddin Akramov. – 2024 yilda 4 ta yangi korxona eksportga jalb qilindi. Jumladan “AKFA EXTRUSIONS” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilgan alyuminiy va PVX profil mahsulotlari AQSH, Kanada va Yevropa davlatlariga eksport qilinmoqda. Bundan tashqari, “KARMANA GOLDEN EGGS” MCHJ tomonidan tuxum mahsulotlari, “KARMANA ASL DON” MCHJ, “DONA DON IMPORT EKSPORT” MCHJ va “WHEAT FLOUR EXPORT” MCHJlar tomonidan un mahsulotlari qo‘shni Afg‘oniston davlatiga eksport qilindi. Tumanimizda investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish maqsadida 270,8 million dollarlik to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi.  

[gallery-21875]

Karmana tumani “Yangi ariq” MFYda joylashgan “SOGDA KIMYO ZAVOD” MCHJda kimyoviy mahsulotlar – “Kaliy sulfat va sulfat kislota” ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda. Korxona hududi 5 gektarni tashkil etib, yiliga 120 ming tonna kaliy sulfat va 100 ming tonna sulfat kislotasi ishlab chiqarish quvvatiga ega.  

– Korxonamiz 2024 yilning may oyida ishga tushirilgan. Hozirda 532 nafar ishchi-xodim 2 navbatda mehnat qilmoqda, – deydi ishlab chiqarish sexi boshlig‘i Nurqul Xoliqov. – Loyiha qiymati 40 million dollar bo‘lib, shundan xorijiy kredit liniyalari mablag‘lari 10 million dollarni tashkil etadi. Texnologik asbob-uskunalar Xitoy davlatidan keltirilgan bo‘lib, ayni paytda 12 ta pechimiz ishlab turibdi. Ularning har biridan 10 ming tonnadan kaliy sulfat ishlab chiqariladi. 2024 yilda qariyb 11,2 million dollarlik mahsulot eksport qilgan bo‘lsak, 2025 yilning yanvar oyida 1 million 237 ming dollarlik mahsulot sotdik. Mahsulotlarimiz asosan Yevropa ittifoqi, Janubiy Amerika va Osiyo mamlakatlariga eksport qilinmoqda.  

Korxonada 2024 yilda 1 ta ishlab chiqarish va 1 ta qayta ishlash sexi foydalanishga topshirilgan bo‘lsa, hozirda 2 ta loyiha ustida ish olib borilmoqda. Bu loyihalar mart-aprel oylarida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Abduvali Bo‘riyev, Siroj Aslonov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Karmana tumanining investitsiya salohiyati oshmoqda