Karlo Anchelotti: "Braziliya terma jamoasida ajoyib muhit hukmron"
Braziliya milliy terma jamoasi ustozi Karlo Anchelotti bo‘lajak 2026-yilgi jahon chempionatidan nimalarni kutayotganini aytib berdi.
"Turnir oldidan hech qanday hayajon his qilmayapman. Men baxtliman va maksimal darajada motivatsiyaga egaman. Jamoamiz o‘ziga ishonadi. Hozirda Braziliya terma jamoasida ajoyib muhit shakllangan. Biz mundial oldidan to‘liq xotirjammiz", — deya mutaxassisning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda.
Jahon chempionatining guruh bosqichida Braziliya terma jamoasi Marokash, Shotlandiya va Gaiti milliy jamoalari bilan to‘qnash keladi. Nufuzli turnir 11-iyundan 19-iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksika hududlarida bo‘lib o‘tadi.