Karimov Nariman Abduvaxitovichning biologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti asosida taqdimnoma ishi to‘g‘risida
“O‘zbekistonning tog‘ oldi hududlari sharoitida hovuz baliqchiligini jadallashtirish yo‘llari” mavzusida
Karimov Nariman Abduvaxitovichning 06.02.05 – Baliqchilik ixtisosligidan “O‘zbekistonning tog‘ oldi hududlari sharoitida hovuz baliqchiligini jadallashtirish yo‘llari” mavzusidagi biologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan taqdimnoma ishining himoyasi O‘zR FA Zoologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.02/30.12.2019.B.52.01 raqamli Ilmiy kengash asosida bir martalik Ilmiy kengashning 2024-yil 27-fevral soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100053, Toshkent shahri, Bog‘ishamol ko‘chasi, 232 b-uy, Zoologiya instituti.
Tel.: (+99871) 289-04-65
ye-mail: zoology@academy.uz