Karimov Davron Rustam o‘g‘lining tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
«O‘tkir appendisitning atipik va noyob shakllarini tashxislash va davolashni takomillashtirish» mavzusida
Karimov Davron Rustam o‘g‘lining 14.00.40 – Shoshilinch tibbiyot ixtisosligi bo‘yicha «O‘tkir appendisitning atipik va noyob shakllarini tashxislash va davolashni takomillashtirish» mavzusidagi tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya himoyasi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DSc.04/30.12.2019.Tib.63.01 raqamli Ilmiy kengashning 2024 yil 29 avgust kuni soat 12:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100115, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Kichik halqa yo‘li, 2-uy.
Tel.: (+99878) 150-46-00
e-mail: uzmedicine@mail.ru