Karatechilarimizning Osiyo chempionatidagi muvaffaqiyati
Qozog‘istonning Almati shahrida karate (WKF) bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati yakunlandi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin, 2 ta kumush va 10 ta bronza, jami 15 ta medalga sazovor bo‘ldi.
Musobaqaning 67 kilogrammgacha vazn toifasida Abdulvahob Rashidov (o‘smirlar), 54 kilogrammgacha bo‘lgan vaznda Mohinur Teshaboyeva (o‘smirlar) hamda -61 kilogramm vazndagi qizlar orasida Saida Musaxonova (o‘smirlar) barcha raqiblarini yengib oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, yoshlar orasida Bekzod Zoirov va Sevinch Otaboyeva kumush medal bilan taqdirlandi.


Qit’a birinchiligida o‘z yosh va vazn toifalarida Dilmurod Kamoliddinov, Shodiya Ziyodullayeva, Humoyunmirzo Halimov, Isomiddin Karimov, Sardor Bahromov, Diyora Po‘latova, Mohichehra Abduraimova, Gulshan Alimardonova, kata yo‘nalishida Abdulaziz Rasulov hamda mazkur yo‘nalishning o‘smirlar o‘rtasidagi jamoaviy kata dasturida yigitlarimiz shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA