Karatechilarimiz Malayziyada shohsupaga koʻtarildi
Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida karate boʻyicha V “KL MAYORS CUP – 2018“ xalqaro turniri oʻtkazildi.
Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida karate boʻyicha V “KL MAYORS CUP – 2018“ xalqaro turniri oʻtkazildi.
Unda Malayziya, Oʻzbekiston, Indoneziya, Nepal, Hindiston, Bangladesh va Singapur kabi davlatlardan kelgan yosh karatechilar gʻoliblik uchun oʻzaro raqobatlashdi.
Musobaqada mamlakatimiz sharafini poytaxtimizning Uchtepa tumani 1-bolalar va oʻsmirlar sport maktabining 18 nafar tarbiyalanuvchisi himoya qildi.
Xalqaro turnirda Rustam Suvonov, Dilshodbek Nuraliyev, Jahongir Nasimov va Farangiz Eshonqulova oʻz yosh toifalarida oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Umidli sportchilarimizdan Asilbek Sagatov, Mirsaid Chuliboyev, Guliraʼno Joʻrayeva, Sitora Avazova kumush medal bilan taqdirlangan boʻlsa, Shahram Suvonov, Abdulloh Joʻrayev va Jonibek Davronov bronza medallariga sazovor boʻldi.
Shuningdek, oʻsmirlar oʻrtasida Sevara Jumaniyozova 59 kilogramm vaznda yakkalik kumite bahslarida kumush va yakkalik katada bronza medali sohibasiga aylandi.
Turnirning 10-13 yoshli oʻgʻil bolalar oʻrtasidagi jamoaviy kumite bahslarida vakillarimiz bittadan oltin va kumush medallarni qoʻlga kiritdi. 18 yoshdan yuqori oʻgʻil bolalar oʻrtasidagi jamoaviy kumite bahslarida vakillarimizga teng keladigani topilmadi.
18 yoshdan kichik va undan katta qizlar oʻrtasidagi jamoaviy kumite bahslarida vakilalarimiz ikki marotaba shohsupaning eng yuqori pogʻonasiga koʻtarildi.