Karate ustalari kuch sinashdi
Poytaxtimizdagi «JAR» sport-sog‘lomlashtirish majmuasida an’anaviy karate-do bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida 80 nafar sportchi o‘z mahoratini namoyish etdi.
Poytaxtimizdagi «JAR» sport-sog‘lomlashtirish majmuasida an’anaviy karate-do bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida 80 nafar sportchi o‘z mahoratini namoyish etdi.
Musobaqaning o‘g‘il bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan bahslarida Sardor va Asadbek Esergapovlar, Aziz Mansurov, Feruz Qo‘ldoshev, Fazliddin Fayzullayev, Muhammadali Nabiyev va Inomali Baxtiyorov o‘z yosh toifasida shohsupaga ko‘tarildi. Qizlardan Mohina Kulliyeva, Dilshoda Aliakbarova, Feruza Shukurova, Mehringiz To‘ychiyeva, Mohima O‘ktamova, Tamila Yo‘ldosheva, Nargiza Esonova g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Umumjamoa hisobida samarqandlik sportchilar birinchi, poytaxtlik yoshlar ikkinchi va farg‘onalik karate ustalari uchinchi o‘rinni egalladi.