Karantinga olinganlar xususiy shifoxonalarga joylashtirildi
Mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi munosabati bilan joriy etilgan karantin sharoitida kasallikning yuqishi va tarqalishining oldini olishga qaratilgan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilib, xavfsizlik choralari kuchaytirilmoqda.

Ana shunday chora-tadbirlar doirasida karantinga olingan hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon viloyati filialida nazoratda turganlarning bir qismi viloyatdagi qator xususiy shifoxonalarga joylashtirildi.
Karantinda saqlanayotganlar Andijon shahridagi “Xolis”, “Diyor”, “Mohigul” masʼuliyati cheklangan jamiyatlariga qarashli xususiy davolash va diagnostika markazlari, shuningdek, Asaka tumanidagi ikkita, Buloqboshi tumanidagi bitta xususiy tibbiy muassasalarga yotqizildi.
Ushbu shifoxonalarda zarur dori-darmon, himoya vositalari, yotoq jihozlari va oziq-ovqat taʼminoti hamda dezinfeksiya ishlari yoʻlga qoʻyildi. Muassasalarda belgilangan tartibda ichki ishlar xodimlari navbatchiligi tashkil etildi.