Karantinda 20 mln. soʻm aliment undirib berildi
Biroq, ha deganda, qarzdor Ya.Alixoʻjayev aliment pulini toʻlashni istamay, hattoki bu harakatlari uchun qonunda belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka ham tortilgan.
Fuqarolik ishlari boʻyicha Rishton tumanlararo sudining Ya.Alixoʻjayevdan M.Mamajonova foydasiga bir nafar farzandining moddiy taʼminoti uchun har oylik jami daromadining 1/4 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.
Biroq, ha deganda, qarzdor Ya.Alixoʻjayev aliment pulini toʻlashni istamay, hattoki bu harakatlari uchun qonunda belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka ham tortilgan.
Oʻziga berilgan maʼmuriy jazodan toʻgʻri xulosa chiqara olmagan qarzdor otaga nisbatan navbatdagi qonunda belgilangan jazo faqat jinoiy javobgarlikka tortilishdan iborat edi. Qarzdor oʻz farzandi uchun salkam 2 yil mobaynida 20 mln. soʻm aliment pulini toʻlamasdan kelganligi unga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilishi uchun yetarlicha asos boʻlib xizmat qilar edi.
Majburiy ijro byurosi Rishton tumani boʻlimiga qarzdor Ya.Alixoʻjayev taklif etilib, unga qonunning barcha talablari toʻliq tushuntirilib, hattoki jinoiy javobgarlikka tortilsa-da aliment qarzdorligi majburiy tartibda undirib olinishi tushuntirilganidan soʻng, Ya.Alixoʻjayev 20 mln. soʻm aliment pulini naqd shaklda M.Mamajonovaga toʻlab berdi.