Yurtimizda karantin talablari bosqichma-bosqich yumshatilmoqda.

Bugunning mavzusi 

Yurtimizda karantin talablari bosqichma-bosqich yumshatilmoqda. Respublika maxsus komissiyasining tegishli qarori bilan 15-iyundan boshlab “sariq” va “yashil” hududlardagi xususiy maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumiy ovqatlanish obyektlari faoliyatiga ruxsat berildi. Ularga sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish boʻyicha qator talablar qoʻyildi.

OʻzA muxbiri mazkur talablarni buzgan tadbirkorlarga qanday choralar koʻrilishi borasidagi savolga Toshkent shahar davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasisining Olmazor tumani filiali inspektori Gulbahor Zubaydullayevadan batafsil javob oldi.

– Bogʻcha binolarini doimiy ravishda dezinfeksiya qilish, ularga kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion “toʻshak”lar bilan jihozlash talabi qoʻyildi. Xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qoʻlqoplardan foydalanishi va ijtimoiy masofani saqlashiga ham ahamiyat berilmoqda.

Tana harorati 37 va undan yuqori boʻlgan yoki infeksiya alomatlari mavjud boʻlgan xodim va tarbiyalanuvchilarni mashgʻulotlarga kiritmaslik choralari koʻrilishi shart.Esda tutish kerakki, nafaqat bolalar bogʻchalari maʼmuriyati, balki ota-onalar ham koronavirus infeksiyasini yuqtirganlik uchun javobgar boʻladi.

Yuqoridagi talablar umumiy ovqatlanish obyektlariga ham tegishli. Shuningdek oshxonalarning soat 8:00 dan 23:00 gacha ishlashi, stol oʻrtasida kamida 2 metrli ijtimoiy masofani saqlash, bitta stol atrofida eng koʻpi bilan 4 mijozning boʻlishi talab etilmoqda.

Respublika maxsus komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq, ishlashni boshlagan tadbirkorlardan kafolat xati olingan. Ular karantin qoidalariga rioya qilmasa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (Biznes-ombudsman)ga tegishli tartibda murojaat qilamiz.

Faoliyat yuritishiga ruxsat berilgan tadbirkorlik subyektlariga tegishli obyektlarda belgilangan sanitariya-gigiyena talablariga rioya etmaslik oqibatida koronavirus infeksiyasi aniqlangan taqdirda ushbu obyektlarni va xodimlarini karantinga olish hamda saqlash bilan bogʻliq xarajatlar mazkur subyektlar hisobidan qoplanadi.

Tumandagi bir nechta umumiy ovqatlanish obyektlariga kirib koʻrdik. Xodimlar tibbiy niqob va tibbiy qoʻlqopda boʻlib, har bir mijozdan keyin stol va boshqa jihozlarning yuza qismi dezinfeksion vositalar bilan tozalanmoqda. Jumladan, “Asl besh panja” kafesi xonalardan foydalanmagan holda faqat ochiq havoda mijozlarga xizmat koʻrsatmoqda.

– Karantin cheklovlari sharoitida taomlarni faqat yetkazib berish bilan shugʻullandik. 15-iyundan boshlab faoliyatimizni qayta tikladik. Respublika maxsus komissiyasining barcha talablariga rioya qilyapmiz. Banketlar va boshqa ommaviy tadbirlarni oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmayapti. Biz nafaqat oʻz xodimlarimiz, balki mijozlarimiz sogʻligiga ham javobgarmiz. – dedi “Asl besh panja” kafesi ish boshqaruvchisi Yoqubjon Samadov.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Karantin talablarini buzgan tadbirkorlarga qanday chora koʻriladi?