Uning uyda internet sifatini saqlashga yordam beradigan yettita maslahatlarini “Daily Mail” nashri oʻz saytida eʼlon qildi.

Britaniyaning pochta, radio va aloqa kommunikatsiyalarini tartibga soluvchi “Ofcom” kompaniyasi Bosh direktori Melani Daues “Koronavirus tarqalishi sababli oʻz-oʻzini virusdan himoya qilish paytida uyda qolib ishlayotgan foydalanuvchilarga internetning maksimal tezligini taʼminlash uchun mikrotoʻlqinli pechni ishlatmaslik kerak“, deya maslahat bermoqda.

Koronavirus sabab, koʻp mamlakatlarda joriy etilgan karantin qoidalari internetdan foydalanishni misli koʻrilmagan darajada oshirib yubordi . Koʻpchilik odamlarning uyda ishlayotgani bolalar bogʻcha va maktablarga chiqmayotgani, oʻsmirlar esa turli dasturlar va filmlarni ommaviy tomosha qilishi ortidan internetga boʻlgan talab oshib ketdi.

“Ofcom” kompaniyasi boshqaruvchisi bergan maslahatlarga koʻra;

1. Telefon aloqasi va simli telefonlardan foydalanish mobaynida keng polosali routerlaringizni televizorlar, turli xil ovoz kuchaytirgich kolonkalari va bolalar monitorlari kabi boshqa simsiz qurilmalardan uzoqroq tutishingiz kerak boʻladi.

2. Simsiz telefonlar, bolalar monitorlari, galogen lampalar, svetodiodli qurilmalar, kompyuter kolonkalari, televizorlar va monitorlar, agar ular internet qurilmalariga juda yaqin quyilsa, wi-fi ishlashiga taʼsir qiladi.

3. Telefon tarmoqlarini qanchalik band qilmasak, qolganlarga videolarni tomosha qilishda ham, virtual muloqot yoki ovozli qoʻngʻiroqlarni amalga oshirishda ham yordam beradi.

4. Foydalanilmaydigan simsiz qurilmalar, shuningdek Planshet va televizorlarni ham yigʻishtirib, uyingizni boʻsh qismiga joylashtirib, internet qurilmalaridan uzoqroq tuting, chunki ular ishlatilmasa ham, internetdan foydalanishga xalaqit beradi.

5. Guruhli video qoʻngʻiroqlar yoki videokonfrensiya tartibida aloqa qilishni toʻxtatib, ovozli aloqadan foydalaning, bu sizning va boshqalarning internetdan foydalanish tempini uzaytiradi.

6. Bundan tashqari, doʻstlaringiz va yaqinlaringizga bir vaqtning oʻzida katta hajmdagi maʼlumotlar (masalan, hd video, oʻyinlar)ni uzatmang.

7. Muhim vazifalarni bajarish, yoki zudlik bilan beriladigan xabarlarni tarqatish uchun sms xizmatidan foydalanishni tavsiya etadi Britaniyaning pochta, radio va aloqa kommunikatsiyalari xizmati.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Karantin paytida uyda qolib ishlovchilarga...
Жамият
11:33 / 27:03:2020