Karantin paytida maoshlar qisqaradimi?
AOKA huzuridagi shtabda Adliya vaziri matbuot kotibi Sevara Oʻrinboyeva ishtirokida onlayn brifing oʻtkazildi.
AOKA huzuridagi shtabda Adliya vaziri matbuot kotibi Sevara Oʻrinboyeva ishtirokida onlayn brifing oʻtkazildi.
Unda karantin paytida maoshlar kamaymaydimi degan mazmundagi savolga javob berildi.
- Mehnat kodeksining 156-moddasiga koʻra mehnatga haq toʻlash shartlari qaysi tartibda oʻrnatilgan boʻlsa, oʻsha tartibda oʻzgartiriladi, - dedi Sevara Oʻrinboyeva.
Mehnatga haq toʻlashning yakka shartlarini xodim uchun noqulay tomonga oʻzgartirishga uning roziligisiz yoʻl qoʻyilmaydi. Istisno tariqasida bunday oʻzgartishga:
texnologiyada, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishda oʻzgarishlar yuz bergan taqdirda, basharti mehnatga haq toʻlashning avvalgi shartlarini saqlab qolish mumkin boʻlmasa;
qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda yoʻl qoʻyilishi mumkin.
Boʻlajak oʻzgartirish haqida xodim kamida ikki oy oldin ogohlantirilishi lozim.