Prezidentimizning joriy yil 3 apreldagi “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining tuzilmasini maqbullashtirish va shtat birliklari sonini qisqartirish to‘g‘risida”gi qarori bilan Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tugatiladi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining tuzilmasi maqbullashtiriladi.

Qarorga muvofiq, 2021 yil 1 maydan davlat organlari xodimlarining soni 15 foizgacha maqbullashtiriladi.

Jumladan, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda ularning idoraviy va hududiy bo‘linmalarida jami 5 ming 288 ta shtat, shuningdek, vazirlik va idoralarning rahbar o‘rinbosarlari lavozimlari ham qisqartiriladi.

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tugatilib, uning barcha vazifa, funksiya va vakolatlari Moliya vazirligiga berildi.

2021 yil 1 sentyabrgacha xodimlarning eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlariga (KPI) erishilganligi natijalarini baholash uchun maxsus dastur ishlab chiqilib, davlat organlarida bosqichma-bosqich joriy etiladi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tugatiladi