Toshkent shahrida joriy yilning 31 iyul kuni Xitoyning eng yirik va nufuzli Kanton import va eksport yarmarkasiga bag‘ishlangan taqdimot seminari o‘tkaziladi. Bu O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Kanton yarmarkasi Xitoy va dunyo davlatlari o‘rtasidagi iqtisodiy va savdo aloqalarini rivojlantirishda katta  rol o‘ynaydi. 1957 yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan mazkur yarmarka jahon savdosi va hamkorligi taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shmoqda. Bu tadbir Xitoyning ishlab chiqarish salohiyati va eng so‘nggi mahsulotlarini namoyish etish, boshqa mamlakatlar mahsulotlarining Xitoy bozoriga kirib borishiga o‘ziga xos platforma vazifasini o‘taydi. Xalqaro hamjamiyatga Xitoy bilan birgalikda rivojlanish imkoniyatini beradi.

O‘zbekiston an’anaviy ravishda mazkur yarmarkaning faol qatnashchisi hisoblanadi. Mamlakatimizning milliy eksport salohiyatini oshirish va xalqaro bozordagi mavqeyini mustahkamlashda mazkur yarmarkaning o‘rni beqiyos.

Toshkentda bo‘lib o‘tadigan taqdimot seminarida ishtirokchilarga 138-Kanton yarmarkasining yangilangan formati, biznes uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, qatnashish shartlari, logistika xizmatlari va xalqaro kompaniyalar uchun taklif etilayotgan servislar haqida to‘liq ma’lumot  beriladi.

Tadbirda O‘zbekistonning ishbilarmon doira vakillari, savdo-sanoat palatasi, sohaviy uyushmalar, rasmiy idoralar va diplomatik vakolatxonalar xodimlari ishtirok etadi.  

Seminar O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlash, hamkorlikni kengaytirish hamda mahalliy tadbirkorlar uchun yangi eksport bozorlarini kashf etishda samarali muloqot maydoni bo‘ladi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Nilufar Bozorova,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kanton – eng nufuzli import va eksport yarmarkasi