Kannavaro: Hozir 24 soat davomida faqat Özbekiston terma jamoasi haqida öylayapman
Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyi Fabio Kannavaro Rossiyaga qarşi örtoqlik uçraşuvi oldidan taşkil etilgan matbuot anjumanida jamoaning tayyorgarligi, tarkibdagi özgarişlar va öz kelajagi bilan boğliq savollarga javob berdi.
Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyi Fabio Kannavaro Rossiyaga qarşi örtoqlik uçraşuvi oldidan taşkil etilgan matbuot anjumanida jamoaning tayyorgarligi, tarkibdagi özgarişlar va öz kelajagi bilan boğliq savollarga javob berdi.
Rossiya terma jamoasi haqida
Italiyalik mutaxassis raqibning öyin uslubi murabbiylar ştabi tomonidan batafsil örganilganini ta’kidladi.
"Rossiya terma jamoasi va uning futbolçilari haqida yetarliça ma’lumotga egamiz. Ularning boş murabbiyini ham yaxşi bilaman. Rossiyaliklar agressiv va ixçam öynaydi. Har bir jamoa singari ularning ham kuçli va zaif jihatlari bor. Biz videotalillar va maşğulotlar orqali bunga tayyorlandik. Uşbu uçraşuv futbolçilarimiz uçun katta tajriba böladi", dedi Kannavaro.
Italiya terma jamoasi va kelajagi haqida
Kannavaro Italiya milliy jamoasini boşqarişi mumkinligi haqidagi xabarlarga ham munosabat bildirdi. Uning ta’kidlaşiça, hozirgi asosiy e’tibori Özbekiston bilan olib borayotgan faoliyatiga qaratilgan.
"Har bir italiyalik uçun Italiya terma jamoasini boşqariş orzu. Men ham 20 yil davomida şarafini himoya qilgan jamoamga murabbiylik qilişni istaşim tabiiy. Ammo hozir 24 soat davomida faqat Özbekiston haqida öylayapman. Meksika yoki Şimoliy Amerikadagi heç qanday agentlik bilan şartnoma imzolamaganman. ÖFA rahbariyati bilan şartnoma masalasini muhokama qilamiz, heç qanday muammo yöq", dedi u.
Darvozabonlar va Edem Ne'manov haqida
Mutaxassis Rossiyaga qarşi bahsda yiğinga çaqirilgan istalgan darvozabon maydonga tuşişi mumkinligini aytdi.
"Terma jamoada darvozabonlar muammosi borligi haqida köp gapirilmoqda, ammo men bunga qöşilmayman. Janubiy Koreyaga qarşi öyinda ötkazilgan birinçi gol uçun faqat darvozabon emas, jonli devor ham javobgar edi. Ikkinçi vaziyatda esa bunday darajadagi hujumçini jarima maydonida yolğiz qoldiriş mumkin emas. Har bir golda darvozabonni ayblaş töğri emas. Bizda tört nafar yaxşi darvozabon bor, boşqa nomzodlarni ham kuzatyapmiz", deya tuşuntirdi boş murabbiy.
Maşaripov, Örunov, Sergeyev va Yusupovning çaqirilmagani haqida
Kannavaro ayrim yetakçi futbolçilarning noyabr yiğiniga jalb etilmagani ortida şaxsiy kelişmovçiliklar yöqligini bildirdi.
"Futbolçilar bilan heç qanday muammo yöq. Ularning barçasi bilan munosabatlarim ajoyib", dedi mutaxassis.
Osiyo kubogi va kelgusi rejalar haqida
Boş murabbiy Osiyo kubogi muddatining özgarişi jamoani şakllantiriş uçun qöşimça imkoniyat yaratganini qayd etdi.
"Turnir uçun rejalarimiz bor edi, ammo musobaqa qoldirildi. Buning ijobiy tomoni ham bor. Endi jamoani yanada takomillaştiriş, yangi futbolçilarni sinab köriş uçun vaqtimiz köpaydi", dedi Kannavaro.
Uning sözlariga köra, yanvar oyida navbatdagi öquv-maşğulot yiğini taşkil etilişi rejalaştirilgan. FIFA kunlariga töğri kelmagani sabab uşbu yiğin katta ehtimol bilan legionerlarsiz ötadi. Şuningdek, mart, iyun va sentyabr oylarida ham yiğinlar közda tutilgan.
Kuçli raqiblar bilan öynaşning ahamiyati haqida
Kannavaro Özbekiston terma jamoasi imkon qadar yuqori saviyadagi raqiblar bilan uçraşişi kerakligini ta’kidladi.
"Men rahbariyatdan doimo kuçli terma jamoalarga qarşi öyinlar taşkil etişni sörayman. Bunday uçraşuvlarda natija birinçi örinda emas. Asosiysi, futbolçilar tajriba orttirişi va kamçiliklarimizni aniqlab olişimizdir", dedi murabbiy.
Şuningdek, u Janubiy Koreyaga qarşi bahs jamoa uçun muhim saboq bölganini, raqib çiroyli öyin körsatmasdan ham natijaga erişiş mumkinligini namoyiş etganini qöşimça qildi.
Eslatib ötamiz, Özbekiston va Rossiya terma jamoalari örtasidagi örtoqlik uçraşuvi 12-noyabr kuni Toşkentdagi "Paxtakor" markaziy stadionida bölib ötadi. Bellaşuv soat 20:00 da boşlanadi.