Kanadada maktab hududida noma’lum qabrlar topildi
Kanadaning Saskachevan viloyatida mahalliy maktablarning birida yuzlab noma’lum qabrlar topilgan, deb xabar berdi euronews.
O‘tgan oy Kamlups shahridagi maktabda ham 215 nafar bola ko‘milgani aniqlangan edi.
Mamlakat rasmiylari ushbu voqealar munosabati bilan yaqin orada matbuot anjumani o‘tkazilishini ma’lum qilmoqda. Unda maktabdagi yangi topilmalar haqida batafsil ma’lumot berilishi kutilmoqda.
Kanada hukumati mazkur holat yuzasidan jamoatchilikdan uzr so‘ragan. Maktablarda jismoniy va jinsiy zo‘ravonliklar keng tarqalgani to‘g‘risidagi xabarlar tan olingan.
Tarixga nazar tashlasak, 19 asrdan 1970 yillariga qadar 150 mingdan ziyod bolalar Kanada jamiyatiga singdirish dasturi doirasida davlat tomonidan moliyalashtirilgan xristian maktablarida o‘qishi qat’iy man qilingan.
Ular nasroniylikni qabul qilishga majbur bo‘lgan va o‘z ona tilida gapirish huquqidan mahrum etilgan. Xabarlarga ko‘ra, ko‘pchilik kaltaklangan va haqorat qilingan.