O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 6 noyabrdagi “Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasini ta’sis etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ekspert guruhi tomonidan badiiy ta’lim yo‘nalishlari mavjud davlat oliy ta’lim muassasalarining jami 19 nafar talabgorlar yig‘ma jildlari hamda davlat stipendiyasini tayinlash haqidagi tavsiyanomalari ko‘rib chiqildi.
Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasini tayinlash bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda Ekspert guruhining tegishli qarori bilan quyidagi 7 nafar iqtidorli va ijodkor talaba tegishli tanlov yo‘nalishlari bo‘yicha g‘olib deb topildi.
—Guliston davlat universiteti 2-kurs talabasi Taxmina Boqiyeva Dastgohli rangtasvir yo‘nalishi bo‘yicha,
—Andijon davlat pedagogika instituti 2-kurs talabasi Azizaxon No‘monova Rangtasvir turlari bo‘yicha,
—Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti 3-kurs talabasi Biybinaz Uzakbayeva Grafika va miniatyura yo‘nalishida,
—Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti 3-kurs talabasi Ilhomjon Saidmurodov Haykaltaroshlik turlari bo‘yicha,
—Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti 3-kurs talabasi Rayxan Naurizbayeva Amaliy san’at turlari bo‘yicha,
—Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti 3-kurs talabasi Suxrobjon Qodirov Dizayn turlari bo‘yicha tanlov g‘olibi bo‘lishdi.
Shuningdek, Andijon davlat pedagogika instituti 2-kurs talabasi Rayxona Akbarova San’atshunoslik va muzeyshunoslik turlari bo‘yicha g‘olib bo‘ldi.
Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sohiblariga guvohnomalar O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan tantanali ravishda topshirildi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA