Kamilla Rahimova ham Pekinda g‘alaba qozondi
Xitoyning Pekin shahrida ayollar o‘rtasida davom etayotgan WTA 1000 turkumiga kiruvchi “China Open — 2026” xalqaro turnirida Kamilla Rahimova muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Nufuzli musobaqaning yakkalik bahslari birinchi davrasida Kamilla Rahimova ispaniyalik Marina Bassols Riberaga qarshi kortga chiqdi va 6:4, 7:6 hisobida zafar quchdi. Endi mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi kanadalik Leyla Fernandes bilan raqobatlashadi.
Eslatib o‘tamiz, “China Open — 2026” turnirida Polina Kudermetova hamda Mariya Timofeyeva kabi tennischilarimiz ham ishtirok etmoqda. Quvonarlisi, ular ham ilk bosqichni muvaffaqiyatli yakunlagan.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA