Kamilla Rahimova bosh sovrinni ko‘zlamoqda
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Angliya turnirida bosh sovrinni ko‘zlamoqda.
Angliyaning Istborn shahrida WTA 500 toifasiga kiruvchi “Lexus Eastbourne Open – 2026” xalqaro tennis turniri start oldi. Unda O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Kamilla Rahimova juftlik bahslarida ishtirok etadi.
27-iyunga qadar davom etadigan musobaqada Kamilla Rahimova yaponiyalik Miyu Kato bilan juftlik hosil qildi. Ular turnirning birinchi bosqichida britaniyalik tennischilar Emili Aplton va Alisia Dyudeni duetiga qarshi kortga chiqadi.
Ma’lumot o‘rnida, “Lexus Eastbourne Open – 2026” turnirining mukofot jamg‘armasi 499 ming AQSH dollarini tashkil etadi. Juftliklar bahsi g‘oliblari 23 ming 950 AQSH dollari hamda 250 reyting ochkosiga ega bo‘ladi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA