“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi prokuror nazoratida
Bosh prokuror o‘rinbosari Isroil Adhamov boshchiligida Jizzax viloyatining shahar va tumanlarida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar ahvoli o‘rganilayotgani haqida avval xabar berilgan edi.
Viloyatning Paxtakor va Mirzacho‘l tumanlarida istiqomat qiluvchi og‘ir ahvoldagi oilalarga “Biznesga birinchi qadam” dasturi doirasida mikromoliya tashkilotlari tomonidan ajratilgan kredit mablag‘larining maqsadli sarflanishi tahlil qilindi.
Tumandagi mas’ul idoralar rahbarlari bilan birgalikda kambag‘al oilalar xonadonida bo‘lib, ularning turmush tarzi bilan tanishildi.
Bosh prokuror o‘rinbosari tomonidan biriktirilgan rahbarlarning individual rejalari asosida fuqarolarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha faoliyati tahlil qilinib, qo‘shimcha ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Shuningdek, Jizzax viloyati prokurori Baxtiyor Ibrohimov boshchiligida mas’ullar ishtirokida Do‘stlik tumani “Qahramon” MFYda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi va bu borada berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan o‘rganishlar olib borildi.
[gallery-21101]
Jumladan, kam daromadli oilalarning holidan xabar olinib, ularning oilaviy sharoiti, muammolari, qish mavsumiga tayyorgarlik holatlari hamda ularning oilaviy daromadlarini oshirishga qaratilgan novvoylik faoliyatida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lami bilan yaqindan tanishildi.
O‘raganishlar jarayonida xonadonlarga suyultirilgan gaz ballonlari va ko‘mir mahsulotlari yetkazib berilishi ta’minlanib, mas’ullarga zarur vazifalar yuklandi.
Bundan tashqari, shu tumandagi “Oltin vodiy” MFYdagi o‘rganishlar davomida tuman prokurori S.Razzokov o‘ziga biriktirilgan 5 ta kam daromadli oilada bo‘lib, ularning holidan xabar oldi, qishga tayyorgarlik holati, yaratilgan shart-sharoitlar va muammolari bilan tanishdi.
Shu bilan birga, xonadonlarga suyultirilgan gaz ballonlari, ko‘mir mahsulotlari va bepul dori-darmonlar yetkazib berildi.
A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA muxbirlari