“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi amalda
FOTOREPORTAJ
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashga qaratilgan qator-chora tadbirlar bajarilmoqda.
[gallery-23281]
Romitan tumaning “Dehcha” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 3000 metr uzunlikdagi havo tarmog‘ini qurish va 2 dona quvvati 160 kVA bo‘lgan transformator punktini o‘rnatish rejalashtirilgan. Ayni kunlarda 0.4 kVli elektr uzatish tarmog‘ini qurish uchun 100 ga yaqin mustahkam temir-beton tayanch rostlandi. Hududda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni tez va sifatli bajarish uchun 12 ta xodimdan iborat 3 ta brigada, 5 ta maxsus texnika jarayonga jalb qilingan.
Tohir ISTATOV(surat),O‘zA